Kurs UZS

USD

12 947.20

26.76

EUR

14 222.50

-30.04

RUB

153.38

-0.14

Bugun “Siti” va Husanov “Lester”ga qarshi saf tortadi

Sport

image

Bugun, 2 aprel kuni Angliya chempionati 30-tur o‘yinlari davom ettiriladi. Tur doirasida o‘zbekistonlik himoyachi Abduqodir Husanov to‘p tepayotgan “Manchester Siti” klubi o‘z uyida “Lester Siti”ni qabul qiladi.

29 ta turdan keyin shaharliklar turnir jadvalida 48 ochko bilan Yevropa Chempionlar ligasiga yo‘llanma beruvchi oxirgi o‘rin, 5-pog‘onani band etib turibdi. 47 ochkoga ega “Nyukasl” va “Brayton” “Manchester Siti”ning asosiy ta’qibchisi hisoblanadi.

“Lester” esa elitada qolish uchun kurashmoqda. 17 ochkoga ega bo‘lgan tulkilar turnir jadvalida 19-o‘rinni band etgan va quyi ligaga tushib ketishga nomzod bo‘lgan asosiy jamoalardan biri bo‘lib turibdi.

“Siti”ning oxirgi o‘yinida Pep Gvardiola Husanovga bir taym o‘ynash imkoniyatini taqdim etgandi, chunki 21 yoshli o‘zbekistonlik futbolchi “Bornmut”ga qarshi Angliya kubogi chorak final o‘yinining birinchi bo‘limida sariq kartochka oldi va “shaharliklar” ustozi 2-taym boshida Husanov o‘rniga Niko O'Raylini maydonga tushirdi. Bugungi bo‘ladigan o‘yinda ham Husanovning asosiy tarkibda maydonga tushish ehtimoli yuqori.

Ma’lumot uchun, “Manchester Siti” - “Lester” o‘yini Toshkent vaqti bilan 23:45 da start oladi. Uchrashuvga doimgidek shaharliklarning uy stadioni hisoblanmish “Etihad” mezbonlik qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

Manchester Siti Lester Abduqodir Husanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing