Bugun ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘ib, momoqaldiroq bo‘ladi
Jamiyat
−
08:22 1626 1 daqiqa
O‘zgidromet bugun, 31 mart kuni kuzatiladigan ob-havo prognozini e’lon qildi.
Unga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi, faqat Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Navoiy viloyatlarida kunning ikkinchi yarmida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-30 daraja iliq bo‘ladi.
Poytaxtimizda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 3-8 m/s tezlikda esadi. Harorat 27-29 daraja iliq bo‘ladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda ba’zi joylarda yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi, momaqaldiroq paytida 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat 15-20 daraja iliq bo‘ladi.
Live
Barchasi