Bu hafta ob-havo qanday bo‘ladi?

Bu qiziq

image

Iyul oyining oxirgi haftasida O‘zbekiston hududi bo‘yicha issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda O‘zgidromet xabar berdi.

Unga ko‘ra, joriy yilning 27–31 iyul kunlari havo harorati kunduz kunlari 37–40 daraja atrofida, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 41–42 darajagacha bo‘ladi. Bu iyul oyining oxiri uchun bo‘lgan iqlimiy me’yordan 2–3 darajaga yuqoridir.

Ushbu kunlarda respublika bo‘yicha asosan kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda, yog‘ingarchilik kuzatilmaydi.

Shimolda, janubda va cho‘l hududlarda shamol tezligi 13–18 m/s gacha kuchayishi, ba’zi joylarda chang to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.

Toshkentda havo kam bulutli bo‘ladi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati asosan kunduzgi 38–39 daraja atrofida, kechasi 23–25 daraja bo‘ladi. Shamol sharqdan 3–8 m/s tezlikda esadi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing