Britaniyada 100 dan ortiq kishi karnavalda qo‘lga olindi

Olam

image

Buyuk Britaniya politsiyasi Notting Hill karnavalida 140 kishini hibsga oldi. Bu haqda “Daily Mail” xabar berdi.

Mamlakat Ichki ishlar vazirligiga ko‘ra, ular narkotik saqlash va sotish, qurol bilan yurish, politsiyaga hujum, o‘g‘rilik va boshqa jinoyatlar uchun qo‘lga olingan. Shulardan 105 nafari karnaval davomida, qolganlari esa tadbirga kelish jarayonida ushlangan.

Ma’lumot uchun, Notting Hill karnavali Karib madaniyatiga bag‘ishlangan yirik ko‘cha festivali bo‘lib, har yili avgust oxirida Londonda o‘tkaziladi. U 1960 yillarda boshlangan bo‘lib, maqsadi irqlararo munosabatlarni mustahkamlashdan iborat. 

2024 yilda politsiya ushbu karnaval doirasida 230 kishini hibsga olgan va festivalning so‘nggi kunida pichoqbozlik holatlari yuz bergan, oqibatda yetti kishi yaralangan edi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Serbiya huquqni muhofaza qilish organlari hukumatga qarshi o‘tkazilgan norozilik namoyishlari vaqtida yuz bergan tartibsizliklarda 19 kishini qo‘lga olgandi. Norozilik namoyishlari Belgradda hamda mamlakatning boshqa bir qator shaharlarida o‘tkazilgan. Namoyishchilar va politsiya o‘rtasida ko‘plab to‘qnashuvlar yuz bergan. Shuningdek, ishtirokchilar hukmron Serbiya  “Progressiv” partiyasi shtab-kvartirasida tartibsizliklar uyushtirgan.


Maqola muallifi

Teglar

Buyuk Britaniya Notting Hill

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing