Britaniya Rossiyaning yana bir gubernatoriga sanksiya kiritdi
Olam
−
21 Oktabr 2022 3088 1 daqiqa
Buyuk Britaniya Ukrainada harbiy operatsiya boshlanganidan keyin qabul qilingan sanksiyalar ro‘yxatini kengaytirdi. Bu haqda Buyuk Britaniya hukumati saytida xabar berildi.
Yangilangan ro‘yxatga Berdyansk meri Aleksandr Saulenko kiritildi. U bu lavozimga Rossiya harbiylari Zaporoje viloyatining bir qismini nazorat ostiga olganidan keyin tayinlangan.
Sanksiyalarni asoslashda Saulenkoning “Ukrainadagi beqarorlik, mamlakat hududiy yaxlitligi, suvereniteti va mustaqilligiga putur yetkazish va tahdid qilish”da ishtirok etgani aytiladi.