“Bombardimon bo‘lmadi”. AQSH va Eron 2 haftalik sulhga erishdi

Olam

image

AQSH va Eron Pokiston iltimosiga binoan 2 haftalik sulhga erishdi. Bu haqda AQSH Prezidenti Donald Tramp o‘zining Truth Social tarmog‘ida yozib qoldirdi. 

“Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif va Asim Munir bilan o‘tkazilgan suhbatlar asosida, ular bugun kechasi Eronga yuborilayotgan halokatli kuchni vaqtincha to‘xtatib turishimni so‘radi. Shuningdek, Eron Hormuz  bo‘g‘ozini to‘liq, darhol va xavfsiz ochishga rozi bo‘lishi sharti bilan, men Eronga qarshi bombardimon va hujumlarni ikki hafta muddatga to‘xtatishga roziman.

Bu ikki tomonlama o‘t ochishni to‘xtatish bo‘ladi!

Buning sababi shundaki, biz allaqachon barcha harbiy maqsadlarimizga erishdik va hatto ulardan ham oshib ketdik. Bundan tashqari, Eron bilan uzoq muddatli tinchlik bo‘yicha aniq kelishuvga erishish yo‘lida juda katta oldinga siljidik.

Biz Erondan 10 banddan iborat taklif oldik va uni muzokaralar olib borish uchun maqbul asos deb hisoblaymiz. O‘tgan bahsli masalalarning deyarli barchasi AQSH va Eron o‘rtasida kelishib olingan. Ammo ikki haftalik muddat yakuniy kelishuvni to‘liq rasmiylashtirish va amalga oshirish imkonini beradi.

AQSH Prezidenti sifatida, shuningdek Yaqin Sharq mamlakatlari nomidan ham aytishim mumkinki, bu uzoq yillik muammo hal etilish arafasida turgani katta sharafli”, degan Oq uy rahbari.

Shuningdek, Pokiston Bosh vaziri Eron va AQSH rozi bo‘lgan o‘t ochishni to‘xtatish “Livanda va hamma joyda” amal qilishi kerakligini aytgan. 

OAVda ham Eron va Livanga yo‘llanayotgan zarbalar to‘xtagani haqida xabarlar tarqalgan. 

Qayd etish joiz, Tramp Eronni shu kungacha zarbalar bilan qo‘rqitib, Hormuz bo‘g‘ozini ochishga chaqirgandi. Eron esa bu dag‘dag‘alarga e’tibor bermat kelayotgan va AQSHning sulhlariga ishonmayotgandi.


Maqola muallifi

Teglar

AQSh Donal'd Tramp Shahboz Sharif

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing