Boks bo‘yicha Osiyo chempioni Go‘zal Ismatova vafot etdi
Sport
−
22 fevral 2021 78763 1 daqiqa
Boks bo‘yicha ayollar o‘rtasidagi Osiyo chempionati g‘olibi, ko‘p karra O‘zbekiston chempioni Go‘zal Ismatova 25 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Jismoniy tarbiya va sport vazirligi ma’lum qildi.
Ma’lum bo‘lishicha, Go‘zal Ismatova saraton xastaligi tufayli olamdan ko‘z yumgan.
Go‘zal Ismatova — 1996 yil 3 yanvarida Jizzax viloyatining Zomin tumanida tug‘ilgan. Og‘ir vazn (+81 kg) toifasida ringga chiqqan sportchi 2014—2017 yillar davomida O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan. Shuningdek, u 2017 yilgi Osiyo chempionati g‘olibi hisoblanadi.
Live
BarchasiQo‘yliqda ham yong‘in sodir bo‘ldi
06 avgust