BMT vakili Afg‘onistonga g‘amxo‘rlik uchun O‘zbekistonga minnatdorlik bildirdi

Jamiyat

image

Birlashgan Millatlar Tashkilotining Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy vakili Mohir Safarli Afg‘oniston xalqiga muntazam g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirdi. Bu haqda O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi xabar berdi.

Qayd etilishicha, bugun, 10 iyun kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha Maxsus vakili Ismatulla Ergashev Mohir Safarli bilan uchrashgan. Muloqot davomida tomonlar hamkorlikning ustuvor yo‘nalishlarini, shuningdek, O‘zbekistonning Afg‘oniston xalqiga gumanitar va ijtimoiy yordam ko‘rsatishdagi rolini muhokama qilgan.

Mohir Safarli Termiz shahrida yaratilgan transport-logistika infratuzilmasi imkoniyatlarini yuqori baholagan hamda Afg‘oniston xalqini qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha ikki tomonlama hamkorlikni davom ettirishdan manfaatdor ekanligini bildirgan.

BMT Qochqinlar bo‘yicha oliy komissari boshqarmasi vakili tashkilot faoliyatini doimiy qo‘llab-quvvatlab kelayotgani, shuningdek, qo‘shni Afg‘oniston xalqiga muntazam g‘amxo‘rlik ko‘rsatayotgani uchun O‘zbekiston rahbariyatiga minnatdorlik bildirgan.

Bugungi kunda O‘zbekiston-Afg‘oniston chegarasi BMTning gumanitar institutlari yuklarini yetkazib berish uchun ishonchli koridor bo‘lib xizmat qilayotgani alohida ta’kidlangan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan Qurbon hayiti arafasida hamda Afg‘onistondagi sel-suv toshqinlaridan jabr ko‘rgan aholiga ko‘mak sifatida qariyb 200 tonna oziq-ovqat mahsulotlari ortilgan yordam Balx viloyatiga yetkazilgandi.
 


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing