BMT binosi yaqinida yashirin aloqa tarmog‘i aniqlandi
Olam
−
23 Sentabr 2025 6511 2 daqiqa
AQSH Maxfiy xizmati Nyu-Yorkda mobil aloqa ishiga xalaqit berish va BMT Bosh Assambleyasi yig‘ilishiga ta’sir ko‘rsatishi mumkin bo‘lgan elektron qurilmalar tarmog‘ini yo‘q qildi. Bu haqda xizmatning press-relizida aytilgan.
“Maxfiylikni himoya qilishga qaratilgan ushbu tergov davomida bir necha joyda 300 dan ortiq birgalikda joylashtirilgan SIM-serverlar va 100 mingta SIM-karta aniqlandi”, deyiladi hujjatda.
Maxfiy xizmat ma’lumotiga ko‘ra, bu qurilmalar anonim tahdidlarni yuborishda, shuningdek, “telekommunikatsion hujumlarning keng doirasida”, jumladan, aloqa minoralarini ishdan chiqarishda foydalanilishi mumkin bo‘lgan. Bundan tashqari, mazkur qurilmalar yovuz niyatli shaxslarga muzokaralarda anonimlikni ta’minlab bergan.
Hujjatda, shuningdek, ushbu qurilmalar ayni paytda BMT Bosh Assambleyasining 80-sessiyasi o‘tkazilayotgan BMT shtab-kvartirasidan taxminan 55 km radiusda joylashtirilgani qayd etilgan. Xizmat “vaqt, joy va Nyu-York telekommunikatsiya tarmog‘i ishining jiddiy buzilish ehtimolini hisobga olib”, tarmoqni o‘chirish bo‘yicha tezkor choralarni ko‘rgan.
AQSH Ichki xavfsizlik vazirligi va Maxfiy xizmat tergovni davom ettirmoqda, gumonlanuvchilarning qo‘lga olingani haqida xabar berilmagan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Turkiya Prezidenti Rajab Toyib Erdo‘g‘an BMT doirasida o‘tkazilgan “Falastin masalasiga yechim topish va ikki davlatli yechimni amalga oshirish” mavzusidagi xalqaro konferensiyadagi chiqishida G‘azodagi harakatlari uchun Isroilni qoralay boshlagan paytda uning mikrofoni o‘chirib qo‘yilgani haqida xabar berilgan edi.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025