Blinken G7 dagi mavqedoshlari bilan Rossiyadagi vaziyatni muhokama qildi 

Olam

image

AQSH Davlat kotibi Entoni Blinken bugun, 24 iyun kuni Rossiyadagi vaziyatni G7 Tashqi ishlar vazirlari va Yevropa Ittifoqi Tashqi siyosati rahbari Jozep Borrel bilan telefon orqali muhokama qildi. Bu haqda Davlat departamenti matbuot xizmati rahbari Metyu Millerning muzokaralar yakunlari bo‘yicha keng tarqalgan yozma bayonotida ma’lum qilindi.

“Kotib Blinken bugun Kanada, Fransiya, Germaniya, Italiya, Yaponiya, Buyuk Britaniya Tashqi ishlar vazirlari va Yevropa Ittifoqining Tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha Oliy vakili bilan Rossiyadagi mavjud vaziyatni muhokama qilish uchun [telefon] muzokaralarni o‘tkazdi”, deyiladi bayonotda.

Aytilishicha, AQSH vaziyat yanada rivojlanishi bilan ittifoqdosh va hamkorlar bilan yaqin muvofiqlashtirishni davom ettiradi. Shuning uchun ham Blinken AQSHning Ukrainani qo‘llab-quvvatlashi o‘zgarmasligini tasdiqlagan.

Rossiyada bo‘layotgan voqealar 

Bugun, 24 iyun kuni “Vagner” jangchilari Rostovdagi Janubiy harbiy okrug shtab-kvartirasini egallab oldi. Moskvada ham xavfsizlik choralari kuchaytirildi. Buning ortidan Rossiya Mudofaa vazirligi “Vagner” hujum otryadlari jangchilariga, murojaat bilan chiqdi. Shuningdek, O‘zbekistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchixonasi Rossiyada bo‘lib turgan fuqarolarini ogohlantirdi. 

Shunday qizg‘in vaziyatdan Ramzan Qodirov ham chetda qolgani yo‘q. U Checheniston Respublikasi Mudofaa vazirligi va Rossiya gvardiyasi jangchilarini keskinlik yuzaga kelgan zonalarga jo‘natdi.

Bu orada  Putin Belarus, Qozog‘iston, O‘zbekiston va Turkiya raxbarlariga qo‘ng‘iroq qildi. U Qosim-Jomart To‘qayev, Shavkat Mirziyoyev, Aleksandr Lukashenko va Rajab Toyib Erdo‘g‘anni Rossiyadagi  vaziyat haqida xabardor qilgan. 

Putin bilan suhbatdan so‘ng Qozog‘iston Prezidenti matbuot xizmati bayonot berib, Qosim-Jomart To‘qayev davom etayotgan voqealar Rossiyaning ichki ishi ekanini aytganini bildirdi.  Erdo‘g‘an esa Putinning har qanday qadamlarini qo‘llab-quvvatlashini bildirgan.

O‘zbekiston Prezidentining matbuot xizmati esa o‘zaro suxbatda ikki tomonlama va mintaqaviy kun tartibidagi dolzarb masalalar muhokama qilinganini yozgan.


Maqola muallifi

Teglar

Rossiya Vagner Blinken G7 Prigojin

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing