Biz javob berishni ham o‘rgandik – Zaxarova Buyuk Britaniyani ogohlantirdi

Olam

image

Buyuk Britaniya TIV rahbarining Yevropada Rossiya OAVlari foiliyati cheklanishi haqidagi bayonotiga Moskva javob qaytardi. Bugun, 4 fevral kuni bo‘lib o‘tgan matbuot anjumanida Rossiya Tashqi ishlar vazirligi Matbuot kotibi Mariya Zaxarova, agar Britaniya Rossiya mediasiga qarshi sanksiya qo‘llaydigan bo‘lsa, Kreml jiddiy javob qaytarishi haqida ma’lum qilgan. 

“Britaniya Tashqi ishlar vaziri Liz Trass xonim o‘z nutqida Rossiya ommaviy axborot vositalariga qarshi sanksiya qo‘llanishi haqida ma’lum qilgandi... Agar Rossiya OAV xodimlari, jurnalistlar va korrespondentlarga qarshi tazyiq bo‘ladigan bo‘lsa, biz jim o‘tirmasligizni bilasiz. Biz avval hechqachon bunday munosabatda bo‘lmaganmiz, xorijiy OAV uchun barcha sharoitlarni yaratib berganmiz. Biz hamkorlik, ochiqlik va qonunga itoat, jumladan, barcha xalqaro majburiyatlarga mutlaq sodiqlikni namoyon etdik. Lekin biz javob berishni ham o‘rgandik, chunki hamma narsaning ham chegarasi bor”, deya bildirgan Rossiya TIV vakili anjuman davomida. 

 

 

"Shuning uchun, agar bu sodir bo‘lsa va Rossiya ommaviy axborot vositalariga qarshi qandaydir sanksiyalar qo‘llansa, keyin meni ayblamang, bizda maqsadli javob berish uchun barcha asoslar mavjud. Biz shunchaki ogohlantirdik", deya qo‘shimcha qilgan Zaxarova.

Eslatib o‘tamiz, kecha 3 fevral kuni Germaniya Federativ Respublikasi hududida nemis tilida faoliyat yurituvchi Rossiyaning yirik axborot agentligi “Russia Today DE” (RT DE) faoliyati taqiqlanishi ortidan Movkva javob qaytargan edi. 

Kreml Germaniya rasmiylarining xatti-harakatiga javoban, Germaniyaga qarashli yirik xorijiy axborot agentligi “Deutsche Welle” (DW) Rossiyada o‘z faoliyatini to‘xtatishi haqida ma’lum qilgan edi.

Bundan tashqari, Rossiyaning “Russia Today DE” OAV operatoriga bosim o‘tkazish va translyatsiyasini cheklashda ishtirok etgan Germaniya davlat va jamoat tuzilmalari vakillari ro‘yxati shakllantirilib, ularning Rossiya hududiga kirishi uchun taqiq qo‘yilishi aytilgan


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

756

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing