Bayram kunlari ham Kiyev o‘qqa tutildi. Energetika infratuzilmasi zarar ko‘rdi

Olam

image

Tungi zarbalar natijasida Kiyevning energetika infratuzilmasi ob’ektlari shikastlangan. Bu haqda shahar meri Vitaliy Klichko bugun, 2 yanvar kuni e’lon qildi.

Qayd etilishicha, favqulodda vaziyatlarda o‘chirishlar joriy etilgan.

“Poytaxt tungi o‘qqa tutilishi natijasida energetika infratuzilmasi ob’ektlari zarar ko‘rdi. Shaharda elektr ta’minotida favqulodda uzilishlar sodir bo‘ldi. Shunga ko‘ra, quvvatsizlangan issiqlik ta’minoti ob’ektlari mavjud”, deb yozdi u Telegram’dagi sahifasida.

Klichkoning so‘zlariga ko‘ra, poytaxtni suv ta’minoti muntazam rejimda amalga oshirilmoqda.

Kechasi Ukraina viloyatlarining yarmida, shu jumladan, Kiyevda havo hujumi haqida ogohlantirish e’lon qilingan. Rasmiy ogohlantirish manbasiga ko‘ra, sirenalar deyarli etti soat davomida yangragan. Ukraina ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, Kiyevning turli hududlarida portlashlar sodir bo‘lgan. Klichko Desnyanskiy tumanidagi portlash haqida ma’lum qilgan.

Sohiba Komilovna


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing