Bayden va Modi qo‘shma bayonotida Xitoy va Rossiyani nishonga oldi
Olam
−
23 iyun 2023 12510 2 daqiqa
AQSH va Hindiston Bosh vazir Narendra Modining Vashingtonda Prezident Jo Bayden mezbonlik qilgan davlat tashrifi chog‘ida o‘zlarini "dunyodagi eng yaqin hamkorlar qatorida" deb e’lon qildi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.
Aytilishicha, Moskva Ukrainada urush olib borayotgan bir paytda Hindistonning Rossiya bilan yaqin aloqalari Vashingtonni xafa qilgan. Modi Xitoy yoki Rossiyaga to‘g‘ridan-to‘g‘ri murojaat qilmagan, Bayden esa jurnalistning savoliga javoban Xitoyni tilga olgan. Ammo 2,5 soat davom etgan uchrashuvdan so‘ng ikkala tomonning qo‘shma bayonoti ikkala davlatni ham nishonga olgan.
Tomonlar qoidalarga asoslangan xalqaro tartib muhimligini ta’kidlab, zamonaviy global tartib BMT Nizomi, xalqaro huquq, davlatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish tamoyillari asosida qurilganini urg‘ulagan.
"Qo‘shma Shtatlar va Hindiston ko‘p tomonlama tizimni bir tomonlama ravishda buzishga qaratilgan har qanday urinishlarga qarshi turish qarorini tasdiqladi", deyiladi qo‘shma bayonotda.
Ikki davlat yetakchilari Ukrainadagi urushning global iqtisodiy tizimga, jumladan, oziq-ovqat, yoqilg‘i-energetika xavfsizligiga jiddiy va kuchayib borayotgan ta’sirini muhokama qilgan. Har ikki davlat Ukraina xalqiga insonparvarlik yordamini davom ettirish”ga va’da bergan va Ukrainadagi mojarodan keyingi tiklanishning muhimligi to‘g‘risida kelishib olgan.
Bayden va Modi Hind-Tinch okeani mintaqasi borasida gap ketganda hududiy yaxlitlik va suverenitetni, xalqaro huquqni hurmat qilgan holda o‘zlarining doimiy majburiyatlarini takrorlagan. Shu bilan birga, ular majburiy harakatlar va kuchayib borayotgan keskinlikdan xavotir bildirgan.
Bundan tashqari, rahbarlar dengiz qoidalariga asoslangan muammolarni hal qilishda xalqaro huquqqa rioya qilish, xususan, Birlashgan Millatlar Tashkilotining Dengiz huquqi to‘g‘risidagi konvensiyasida (UNCLOS) aks ettirilganidek, shu jumladan, Sharqiy va Janubiy Xitoy dengizlarida navigatsiya va havoda parvoz qilish erkinligini ta’minlash muhimligini ta’kidlagan.
Live
Barchasi