Bayden saratonga chalindi
Olam
−
04 mart 2023 23514 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Jo Baydenda teri saratoni aniqlandi. Shifokorlar 16 fevralda uning ko‘krak qismidagi terisidan saraton o‘simtasini olib tashlagan. Bu haqda Oq uy shifokori Kevin O’Konnor ma’lum qildi.
Doktor O’Konnorning aytishicha, operatsiyadan keyin AQSH rahbarining terisi yaxshi bitgan, biopsiya jarayoni (zararlangan to‘qimani kesib olib tekshirish) esa unda bazal hujayrali karsinoma (ko‘p tarqalgan teri raki) borligini ko‘rsatgan. Shifokor bu kasallik davomiy muolaja talab qilmasligini ta’kidlagan.
“Biopsiya joyi yaxshi bitib ketdi, Prezident keng qamrovli tibbiy yordam doirasida dermatologik kuzatuvda bo‘lishni davom ettiradi”, deydi O’Konnor.
Shuningdek, Baydenning shifokori undagi o‘simta boshqa jiddiyroq teri saratoni kasalliklari kabi metastaz bermasligini ya’ni tananing boshqa qismlariga tarqalib ketmasligini aytgan.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr