Bayden Pentagonga majburiy emlash rejasini tuzishni buyurdi
Olam
−
30 iyul 2021 2918 1 daqiqa
AQSH Prezidenti Jo Bayden kecha, 29 iyul kuni Amerika ma’muriyatining koronavirus pandemiyasiga qarshi kurashdagi yangi qadamlariga bag‘ishlangan nutqida mamlakat Mudofaa vaziriga harbiylarni majburiy emlash rejasini ishlab chiqishni topshirdi.
"Men Mudofaa vazirligiga, COVID-19 ga qarshi harbiylarni emlash rejasini ishlab chiqishni topshiraman. Iloji boricha mamlakatni jiddiy tahdidlardan himoya qiladigan harbiy kiyimdagi ayol va erkaklarimiz koronavirusdan himoyalangan bo‘lishi zarur. Chunki ular ayni damda butun dunyoda, ayniqsa, ko‘pchiligi emlash darajasi past va kasallik keng tarqalgan hududlarda xizmat qilmoqda”, deydi Amerika rahbari.
Shuningdek, u AQSHda koronavirusdan vafot etgan 10 000 kishidan 9 950 tasi emlanmagan ekanini ta’kidlab, vatandoshlarini hal qiluvchi choralar zarurligiga ishontirishga urindi.
"Vaksinalar xavfsiz, yuqori darajada samarali. Demokratlar hamda respublikachilar o‘rtasidagi qarama-qarshilikning bu bilan hech qanday aloqasi yo‘q. Vaksinatsiya tom ma’noda hayot va o‘lim masalasidir”, deydi Jo Bayden Oq uydagi nutqida.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025