Bayden Netanyaxuni G‘azo masalasi bo‘yicha tezroq sulh tuzishga chaqirdi

Olam

image

AQSH Prezidenti Jo Bayden Isroil Bosh vaziri Binyamin Netanyaxuni imkon qadar tezroq o‘t ochishni to‘xtatish va G‘azoda garovga olinganlarni ozod qilish bo‘yicha kelishuvga erishishga chaqirdi. Bu haqda kecha, 25 iyul kuni Oq uyda e’lon qilgan bayonotda ma’lum qildi. 

Bildirilishicha, Netanyaxu bilan uchrashuvda Bayden yana bir bor G‘azoda gumanitar yordamni ko‘paytirish va tinch aholi himoyasini yaxshilashga chaqirgan.

“Yordam yetkazib berish yo‘lidagi barcha to‘siqlarni olib tashlash va ularga muhtoj bo‘lganlarga asosiy xizmatlarni tiklash zarur”, deyiladi Oq uy bayonotida. 

Shu bilan birga, AQSH Prezidenti yana bir bor “harbiy amaliyotlar paytida tinch aholi hayotini himoya qilishning muhim ahamiyatini” eslatgan. Shu bilan birga, Bayden Qo‘shma Shtatlarning “Eron va uning ishonchli vakillari, jumladan G‘azodagi HAMAS, Livandagi “Hizbulloh” va Yamandagi husiylar tomonidan kelayotgan barcha tahdidlarga qarshi Isroil xavfsizligini ta’minlashga sodiqligini” yana bir bor tasdiqladi.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq AQSH Prezidenti Jo Bayden G‘azodagi urushni tugatish va Ukrainani qo‘llab-quvvatlash uchun harakat qilishga va’da bergandi.

Azizbek Eshmamatov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

AQSh Jo Bayden Netan'yaxu G'azo

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing