“Barselona” o‘z uyida PSJga mag‘lub bo‘ldi
Sport
−
02 Oktabr 4692 1 daqiqa
Kecha, 1 oktyabr kuni UEFA Chempionlar Ligasi umumiy bosqichining 2-turi doirasidagi “Barselona” – PSJ to‘qnashuvi bo‘lib o‘tdi. Barselonaning “Montjuik” stadionida kechgan markaziy to‘qnashuvda parijliklar 1:2 hisobida g‘alaba qozondi.
Dastlab, o‘yinning 19-daqiqasida Markus Reshfordning uzatmasidan so‘ng, “ko‘k-anorranglilar” hujumchisi Ferran Torres hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakuniga qadar PSJ oradagi farqni yo‘qqa chiqardi. Hisobni 38-daqiqada 19 yoshli iste’dod egasi Senni Meyulyu tenglashtirdi.
Parijliklar bahsning so‘nggi daqiqalarida gol urib, bellashuvni g‘alaba bilan yakunlashga muvaffaq bo‘ldi. 72-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan Gonsalu Ramush asosiy vaqtning 90-daqiqasida raqib darvozasini ishg‘ol etib, mehmonlar g‘alabasini ta’minladi.
Shu tariqa, PSJ musobaqa doirasidagi navbatdagi 3 ochkoni qo‘lga kiritdi va hisobidagi 6 ochko bilan umumiy turnir jadvalida 3 pog‘onadan joy oldi. “Barselona” esa 3 ochko bilan jadvalda 16-o‘rinni egallab turibdi.
Jahongir Inomjonov
Live
Barchasi