“Barselona” sharhlovchisi Modrichning ustidan kuldi

Sport

image

Kecha, 31 iyul kuni “Barselona” mavsumoldi tayyorgarlik doirasida Janubiy Koreyaning “Seul” jamoasini 7:3 hisobida mag‘lub etdi. Uchrashuv “ko‘k-anorranglilar” telekanalida jonli efirda namoyish etildi va unda sharhlovchi “Real” afsonasi Luka Modrich ustidan kinoyali hazil qildi.

“Biz Luka Modrichga munosib baho bermadik, u bunga loyiq edi. Uning so‘nggi muhim yutug‘i – Ispaniya Kubogi finalida Kundega uzatgan pas bo‘ldi”, dedi sharhlovchi.

Ma’lumot uchun, o‘tgan mavsum Ispaniya Kubogi finalida Modrichning unchalik yaxshi bo‘lmagan pasini “Barselona” futbolchisi Jul Kunde to‘sib olib, birozdan so‘ng gol urgandi. Bu gol “Barselona”ga g‘alaba va sovrin olib kelgan.

Eslatib o‘tamiz, Luka Modrich joriy yozda 13 yillik faoliyatidan so‘ng “Real Madrid” klubini tark etdi. Xorvatiyalik yarim himoyachi endilikda “Milan” sharafini himoya qilmoqda.


Maqola muallifi

Teglar

Barselona Luka Modrich Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing