“Barselona” Gamper kubogini qo‘lga kiritdi

Sport

image

Kecha, 19 avgust kuni Gamper kubogi mavsumoldi turniri doirasida “Barselona” va Misrning “Al Ahli” jamoalari o‘rtasidagi o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. Unda “Barselona” 2:1 hisobida g‘alaba qozonib kubokni qo‘lga kiritdi.

Barselonadagi “Kamp Nou” stadionida o‘tkazilgan bahsda Kataloniya jamoasi hujumchisi Hamza Abdulkarim 30-daqiqada hisobni ochdi. Birinchi bo‘lim yakunida, 45-daqiqada qanot himoyachisi Rafinya “Barselona”ning ustunligini oshirdi.

Ikkinchi bo‘limda, 51-daqiqada “Al Ahli” yarim himoyachisi Zizu hisobni qisqartirdi. Biroq qolgan vaqtda boshqa gol urilmadi va “Barselona” 2:1 hisobida g‘alaba qozondi.

Ma’lumot uchun, Joan Gamper kubogi “Barselona” tomonidan har yili tashkil etiladigan o‘rtoqlik turniri hisoblanadi. Musobaqa ilk bor 1966 yilda “Barselona” prezidenti Enrike Lloyde tashabbusi bilan o‘tkazilgan. Kubok klubning afsonaviy prezidenti va asoschisi Joan Gamper sharafiga nomlangan.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing