Banklarda dollar kursi yana yangi rekord o‘rnatdi

Jamiyat

image

Bugun, 12 martdan O‘zbekistondagi tijorat banklarida AQSH dollarining sotuv kursi 11 050 so‘mgacha ko‘tarildi. Shu tariqa mamlakatda dollar kursi tarixidagi eng yuqori ko‘rsatkich yana yangilandi.

Ayrim tijorat banklari AQSH dollarini 11 040-11 050 so‘mdan sotib, 10 970-10 980 so‘m oralig‘ida sotib olmoqda.

Ma’lumot uchun, dollarning Markaziy bank tomonidan belgilangan rasmiy kursi 14 martdan 10 998,06 so‘mni tashkil qilmoqda. 11 mart holatiga rasmiy kurs 10 957,36 so‘mga teng.

Qayd etish kerakki, haftaning shanba kuni banklar ishlamaydi. Shuning uchun ko‘pgina banklar hozircha dollar kursini yangilamagan. Dushanba kuni deyarli barcha banklarda dollar kursi 11 040-11050 so‘m atrofida belgilanishi ehtimoldan holi emas.


Maqola muallifi

Teglar

dollar kurs bank

Baholaganlar

1471

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing