Bag‘dodda so‘nggi uch yilda ilk bor terakt yuz berdi. Ko‘plab qurbonlar bor
Olam
−
21 yanvar 2021 4978 1 daqiqa
Bugun, 21 yanvar kuni Iroq poytaxti Bag‘dodda ikkita portlash yuz berdi. Natijada hozirgacha 32 kishi halok bo‘ldi va 10 kishi jarohatlandi.
Iroq armiyasi ma’lumotiga ko‘ra, hudkush terrorchi Bob al-Sharqi tumanidagi Tayaran maydonid joylashgan buyum bozorida o‘zini portlatgan. Maxsus xizmat vakillari terrorchilarni ta’qib qilgan, ammo ular o‘zini portlatishga ulgurgan.
Bag‘dodda so‘nggi 2018 yil yanvarda hudkush terrorchi ishtirokida terakt uyushtirilgandi.
Hozirgacha mamlakatdagi terrorchilik guruhlarining hech biri hujum uchun javobgarlikni zimmasiga olmagan. Biroq Bag‘dodda bunday teraktlar ISHID tomonidan sodir etib kelinyapti.
Live
BarchasiPutin Imomali Rahmonga ta’ziya bildirdi.
22 dekabr