Ayrim tadbirkorlar yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi

Jamiyat

image

Shahar va viloyat markazida tadbirkorlar tomonidan qurilib, pastki qavatida “mahalla yettiligi” joylashadigan binolar 3 yil muddatga yer va mol-mulk solig‘idan ozod qilinadi.  Bu haqda Prezident Shavkat Mirziyoyev bugun, 14 oktyabr kuni mahalla tizimini yanada takomillashtirish va joylarda ishlarni samarali tashkil etish masalalari yuzasidan videoselektor yig‘ilishida so‘z ochdi.

Qishloq joylarda esa bu imtiyozlar 7 yil bo‘ladi.

Bino egasi bo‘lgan tadbirkorlar ushbu muddat davomida foyda va aylanmadan soliqni 50 foiz pasaytirilgan stavkada to‘laydi.

Viloyat “Islohotlar shtabi” tadbirkorlar bilan maslahat qilib, mahalla binosi qurish uchun aniq joyni belgilaydi, yer ajratish qarorini chiqarib beradi.

Shuningdek, yig‘ilishda sharoit qilib berilgani uchun joylarda xususiy sheriklik asosida 1 mingga yaqin zamonaviy mahalla binolari barpo etilgani qayd etildi.


Maqola muallifi

Teglar

soliq Shavkat Mirziyoev mahalla mol-mulk solig'i er solig'i

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing