Avtomobilingizni ehtiyot qiling. Toshkentda kuchli shamol boshlandi

Jamiyat

image

Bugun, 2 iyul kuni Toshkentda o‘zgaruvchan ob-havo kuzatiladi. Havo harorati kunduzi +40...+42 daraja issiq, kechasi +21...+23 darajada iliq bo‘lishi kutilmoqda.

Toshkent shahar Matbuot xizmatining ma’lum qilishicha, kunning ikkinchi yarmida Sharqdan esadigan shamol tezligi 15-20 m/s, kuchayganida 17-22 m/sgacha yetishi mumkin.

“Kuchli shamol sizga va yaqinlaringizga, mol-mulkingizga zarar yetkazmasligi uchun, bunday paytda daraxtlar va katta hajmdagi reklama banerlari ostida yurmang hamda avtomobilingizni ham daraxtlar tagida saqlamang”, deyiladi Matbuot xizmati xabarida.


Maqola muallifi

Baholaganlar

57

Reyting

3.1

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing