Avstriya, Chexiya va Slovakiyada Hipp bolalar ovqatida kalamush zahari aniqlandi

Olam

image

Avstriyaning Burgenland federal yerida politsiya Hipp kompaniyasiga tegishli bolalar ovqati bankasidan kalamush zaharini topdi. Bu haqda “Reuters” xabar berdi.

Joriy haftada Burgenlanddagi Spar do‘konlarida “sabzi-kartoshka” nomli Hipp bolalar ovqati bankalarining yorlig‘i shikastlangan holatda aniqlangan. Bankalardan yoqimsiz hid kelgan, qopqoqlari ochilgan va muhrlari olib tashlangan. Bundan tashqari, bankalarning pastki qismida qizil doira tushirilgan stikerlar ham topilgan.

O‘tkazilgan laboratoriya tekshiruvi bolalar ovqati tarkibida kalamush zahari borligini tasdiqlagan. Chexiya va Slovakiya politsiyasi ham xuddi shunday belgilar qo‘yilgan bankalarni musodara qilgan va ularda ham zahar aniqlangan.

Shu sababli Hipp kompaniyasi Avstriyadagi mingdan ortiq Spar do‘konlaridan bolalar mahsulotlarini qaytarib olgan. Chexiya va Slovakiyada ham bu mahsulotlar savdodan olib tashlangan. Kompaniya ogohlantirishicha, shikastlangan bankalardagi mahsulotni iste’mol qilish hayot uchun xavfli.

“Spiegel Panorama” nashriga ko‘ra, Bavariya politsiyasi ushbu holat yuzasidan tergov boshlagan. Bolalar ovqatini zaharlashga aloqador bir yoki bir nechta shaxs qidirilmoqda. Hozircha Germaniyada zahar topilgan bankalar haqida xabar berilmagan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning yanvar oyida O‘zbekistonda ham Nestle kompaniyasining ayrim bolalar ovqatlari tarkibida toksin aniqlangani sababli ularning savdosi vaqtincha to‘xtatilgan. Tekshiruv davomida tashqi yetkazib beruvchidan olingan xomashyoda ovqatdan zaharlanishga o‘xshash alomatlarni keltirib chiqaruvchi sereulid toksini borligi aniqlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Chexiya Avstriya Hipp

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing