“Atletiko” YeCHLda “Real”ni mag‘lub etishga tayyor. Simeoneda qanday ustunlik bor?

Sport

image

Bugun, 4 mart kuni Madrid shahrining ikki klubi Yevropa Chempionlar ligasi 1/8 finalida o‘zaro to‘qnash keladi. “Atletiko”ning Chempionlar ligasida “Real”ga qarshi g‘alaba qozonish imkoniyatlari hech qachon bunchalik kuchli bo‘lmagan. Madrid derbisi chorak final, yarim final va ikki marta Chempionlar ligasi finalida bo‘lib o‘tgan. “Real Madrid” esa har doim yo umumiy, qo‘shimcha vaqtda yoki penaltilar seriyasida g‘alaba qozongan.

“Atletiko” hozir mutlaqo boshqacha kayfiyat va formada. Diyego Simeone jamoasi ham xuddi “Real” kabi uchta sovrinni maqsad qilgan: La Liga, Qirol kubogi va Chempionlar ligasi. Chempionatda har ikki derbi 1:1 hisobidagi durang bilan yakunlangan bo‘lsa, kubokda derbi finalda bo‘lishi mumkin, Chempionlar ligasida esa Ispaniya poytaxtidagi qo‘shnilar 1/8 finalda to‘qnash kelib qoldi.

“Real Madrid”ning hozirgi holatida aniq bir narsa deyish qiyin. Superkubok finalida “Barselona”dan uchralgan mag‘lubiyatdan so‘ng (2:5) Madrid superklubi ijobiy tomonga o‘zgarganday bo‘ldi. Ham jamoa, ham Kilian Mbappening o‘yiniga sermahsullik qo‘shildi.

Superkubok finalida mag‘lubiyatga uchragan madridliklar ancha kuchaydi. Jamoada ko‘proq Mbappening instinktlarga tayanish boshlandi va u gollar urib, ishonchni oqlay boshladi. Qolaversa, uning Rodrigo, Jud Bellingem va eng muhimi Vinisius bilan maydondagi aloqalari ijobiy tarafga o‘sdi. Dani Sebalos ajoyib formada, “Real”ga markazda kerakli muvozanatni ta’minladi. Bularning barchasi evaziga Karlo Anchelotti shogirdlari ishonchli tarzda “Manchester Siti”ni (3:2, 3:1) mag‘lub etib, Chempionlar Ligasi pley-off bosqichiga yo‘l oldi, jamoa shuningdek, Ispaniya kubogi yarim finaliga chiqdi va dastlabki bahsda “Real Sosedad”ni mag‘lub etdi, La Ligada ham kuchli uchlikdan joy kafolatandi, biroq “qaymoqranglilar” Ispaniya chempionatida ham g‘olib bo‘lishni maqsad qilgan.

Biroq so‘nggi paytlarda “Real Madrid”da ishlar biroz yaxshi emasga o‘xshaydi. Bellingem birdaniga ikkita o‘yinga diskvalifikatsiya olgani baribir jamoa o‘yinlariga ta’sir qildi. Jazo tufayli angliyalik futbolchi Madrid derbisida o‘ynamaydi. Shuningdek, “Real Sosedad” bilan kubok bahsi yakunida Dani Sebalos jarohat oldi. U bir necha oyga safdan chiqqanga o‘xshaydi.

Buning ustiga, Fede Valverdeda ham jarohat bor edi. “Jirona”ga qarshi o‘yinda urugvaylik futbolchi o‘zini biroz yomon his qildi va “Real Sosedad” hamda “Betis”ga qarshi o‘yinlar uchun qaydnomaga ham kiritilmadi.

“Betis”ga qarshi o‘yinda madridliklar butunlay holdan toygandek ko‘rindi. O‘yinlar har ikki-uch kunda yoki uch-to‘rt kunda o‘tkazilayotganining ham bunga ta’siri bor, albatta. Bundan tashqari, bir nechta boshlang‘ich o‘yinchilarning yo‘qligi. Qolaversa, “Real”da “Atletiko”dek klub uchun zaxira imkoniyatlari juda kam.

“Real” “Betis” bilan bahsda o‘yin boshidayoq oldinga tashlandi, ammo 20 daqiqaga yaqin vaqt o‘tgach, maydonda faqat “Betis” futbol o‘ynadi. Karlo Anchelotti jamoasi haqli ravishda mag‘lubiyatga uchraganini tan oldi. Shuningdek, u bunday o‘yin bilan “Real”ning “Atletiko”ga qarshi o‘yinda g‘alaba qozonish imkoniyati yo‘qligini ta’kidladi.

“Atletiko” esa hozirgi o‘ta tig‘iz jadvalda o‘zini juda qulay his qilmoqda. Bu mavsumda Diyego Simeone har qachongidan ham kattaroq tarkibga ega bo‘ldi. “Atletiko” gollar va o‘yinlar yakunida to‘plangan ochkolar bo‘yicha Yevropa peshqadami. Simeone zaxiradan maydonga tushiradigan futbolchilar muntazam ravishda gol urmoqda.

“Real Madrid” birinchi davrada “Atletiko”ning bu mahoratini his qildi. 90+5-daqiqada zaxiradan maydonga tushgan “matraschilar” a’zosi “Real” darvozasiga gol urdi va “Atletiko” mag‘lubiyatdan qutulib qoldi. Bu sentyabr oyida, 8-turda edi. O‘shandan beri bir necha oy o‘tdi va Simeone jamoasining ajoyib yakunlari asosiy planga chiqdi.

Korrea, Samu Lino, Markos Llorente, Naxuel Molina, Aleksandr Syorlot – ularning har biri zaxiradan maydonga tushishi mumkin va bu futbolchilar “qirollik klubi”ga yetarlicha xavf tug‘dira oladi. Jumladan, “Atletik”ga qarshi kechgan o‘yinda odatda asosiy tarkibda o‘ynaydigan Xulian Alvares zaxiradan maydonga tushdi va u ham gol urib, jamoasining g‘alabasini ta’minladi. Golli uzatma esa unga zaxiradan maydonga tushgan yana bir futbolchi Llorente tomonidan taqdim etildi.

Hozirgi vaziyatda “Real”ning tarkibini “Atletiko”nikidan kuchli deyish biroz qiyin. Klub so‘nggi paytlarda transfer bozorida juda tejamkor bo‘ldi va bu mavsum avj pallasiga kelganda o‘z ta’sirini ko‘rsata boshladi. Ikkinchidan, Karlo uchun savollar bor. Karloda Simeonening zaxiradagi qurollariga qarshi vosita bormi?

Anchelotti futbolchi almashtirish borasida o‘z qarashlariga ega ekanligi bir necha bor qayd etilgan. Agar favqulodda hech narsa sodir bo‘lmasa va o‘zgarishlar rejalashtirilganidek amalga oshirilsa, odatda birinchi bo‘lib Luka Modrich zaxiradan maydonga tushadi. Keyin Braim Dias, Eduardo Kamavinga va Arda Guler yoki Fran Garsiya. Yosh iste’dodli Endrik esa maydonga tushish uchun nomzodlar ro‘yxatining oxirida turibdi.

Nima bo‘lgan taqdirda ham muxlislar 5 martga o‘tar kechasi “olovli” o‘yin guvohiga aylanadi. Hujumkor futbolga qarshi yopiq va himoyaviy futbol qarama-qarshiligi muxlislarni zeriktirib qo‘ymasligi aniq.


Maqola muallifi

Teglar

Atletiko Evropa Chempionlar ligasi Real Madrid

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing