Asosiy masalalarni faqat yetakchilar hal qilishi mumkin – Umarov

Olam

image
Ukrainaning Istanbul muzokaralari bo‘yicha shartlari e’lon qilindi north_east

Ukrainaning Istanbul muzokaralari bo‘yicha shartlari e’lon qilindi

Rossiya ham tinchlik bo‘yicha takliflarini e’lon qildi north_east

Rossiya ham tinchlik bo‘yicha takliflarini e’lon qildi

Istanbul tinchlik muzokaralarining ikkinchi raundidagi Ukraina delegatsiyasi rahbari, Ukraina Mudofaa vaziri Rustam Umarov Kiyev Rossiya bilan mahbuslarni ozod qilish borasida muayyan toifalarga e’tibor qaratishga tayyor ekanini aytdi. Bu haqda u kecha, 2 iyun kuni Istanbuldagi Chirag‘an saroyida uyushtirilgan Turkiya-Rossiya-Ukraina uch tomonlama uchrashuvi ortidan uyushtirilgan matbuot anjumanida so‘zga ochdi.

Uning aytishicha, ikki davlat o‘rtasidagi asosiy masalalarni faqat yetakchilar darajasida hal qilish mumkin.

Vazir Umarovga ko‘ra, Ukraina tomonining memorandumi bir necha kun avval Rossiyaga topshirilgan. Rossiya delegatsiyasi esa  kechagi muzokaralarda Ukrainaga o‘t ochishni to‘xtatish haqidagi hujjatni taqdim etgan. Hujjatni o‘rganish uchun bir hafta kerak bo‘ladi.

Ukraina delegatsiyasi rahbarining so‘zlariga ko‘ra, ular keyingi qadamlarni muvofiqlashtiradi.

“Kiyev barcha mahbuslar va ukrainalik bolalarni ozod qilishni talab qilmoqda”, deya qo‘shimcha qildi vazir.

Umarovning ta’kidlashicha, mahbuslarni ozod qilish bosqichida ular alohida toifalarga e’tibor qaratishga tayyor.

“Harbiy asirlarni ozod qilish masalasida biz raqamlarga emas, aniq toifalarga e’tibor qaratishga kelishib oldik. Biz barcha og‘ir yarador va og‘ir kasal bo‘lgan harbiy asirlarga almashishga kelishib oldik. Ikkinchi toifa – 18 yoshdan 25 yoshgacha bo‘lgan yosh askarlar. Hammasi uchun hammasi. Shuningdek, biz 6000 o‘lgan askarning jasadini almashishga kelishib oldik”, dedi u.

Umarovning qo‘shimcha qillishicha, Ukraina tomoni qaytarilishi kerak bo‘lgan bir necha yuz ukrainalik bolalar ro‘yxatini Rossiyaga bergan va bu Kiyev uchun o‘ta muhim ustuvor masala.

“Agar Rossiya haqiqatan ham ushbu tinchlik jarayoniga sodiq bo‘lsa, bu bolalarning kamida yarmining qaytishi ijobiy ko‘rsatkich hisoblanadi”, deb tushuntirdi vazir.

Ukraina delegatsiyasi rahbarining aytishicha, Ukraina 20 iyundan 30 iyungacha Rossiya bilan yangi uchrashuv o‘tkazishni taklif qilgan.  Uning qo‘shimcha qilishicha, agar Rossiya va Ukraina rahbarlari ishtirok etsa, Amerika yetakchisi Donald Tramp ham uchrashuvda ishtirok etishi mumkin.

“Biz delegatsiyalar o‘rtasidagi keyingi ish, agar u yetakchilar uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishga qaratilgan bo‘lsa, mantiqiy bo‘ladi, deb hisoblaymiz. Biz Rossiya tomoniga shu oy oxirigacha — 20 iyundan 30 iyunga qadar yetakchilar darajasida uchrashuv o‘tkazishni taklif qildik. Bu muzokaralar jarayoni uchun juda muhim. Biz aytamiz: bu urush tugashi kerak. Butun dunyo bizni qo‘llab-quvvatlamoqda. Birinchi qadamlar janglarni to‘xtatish, insonparvarlik qadamlarini qo‘yish va yetakchilar uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishdir”, deya qo‘shimcha qildi Umarov.

Uning so‘zlariga ko‘ra, agar Rossiya “o‘t ochishni to‘xtatish, gumanitar choralar ko‘rish va Prezidentlar uchrashuviga tayyorgarlik ko‘rishga rozi bo‘lmasa, xalqaro sanksiyalar ortidan kelishi kerak”.

TASS xabariga ko‘ra, delegatsiyalar uchrashuvi oldidan Rossiya Federatsiyasi va Ukraina delegatsiyalari rahbarlari Vladimir Medinskiy va Rustam Umarov 2,5 soat davomida muzokaralar o‘tkazgan.

Kecha, 2 iyun kuni Istanbulda Chirag‘an saroyida bo‘lib o‘tgan tinchlik muzokaralarining ikkinchi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Rossiya delegatsiyasiga Prezident yordamchisi Vladimir Medinskiy,  Ukraina tomoniga Mudofaa vaziri Rustam Umarov boshchilik qildi. Uchrashuv yopiq formatda o‘tkazildi.


Maqola muallifi

Teglar

Istanbul Rossiya Ukraina Rustam Umarov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing