Asaka Motors’dan yangilik: Shineray endi Sirdaryoda ham ishlab chiqariladi

Biznes

Avtomobilsozlik – bu shunchaki mashina ishlab chiqarish emas. U mamlakat iqtisodiyotining yuragi. U orqali yangi ish o‘rinlari yaratiladi, sanoat rivojlanadi, eksport salohiyati ortadi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar qo‘llab-quvvatlanadi, ilm-fan va texnologiyalar ilgari suriladi.

2025 yilning 25 iyul kuni Sirdaryo tumanida avtomobilsozlik sohasida yana bir muhim qadam tashlandi. Asaka Motors avtomobil zavodining Sirdaryo viloyatidagi shoxobchasida yangi tijorat avtomobili – Shineray ishlab chiqarish boshlanganini e’lon qilish marosimi o‘tkazildi. Ushbu avtomobil katta va kuchli transport vositasi hisoblanadi, u yo‘lovchilar hamda yuklarni tashish uchun mo‘ljallangan. 

“O‘zbekiston bozoriga 6 yil oldin kirib kelganmiz. O‘tgan vaqt davomida Shineray Motors kompaniyasi 20 mingdan ortiq avtomobil ishlab chiqardi. Biz bu bozorda juda yuqori potensiallikni va katta kelajakni ko‘rdik. 6 yil davomida mahsulotni mahalliylashtirish zarurligini tushundik. Bu borada bizga distribyutorimiz Luxe Motors katta yordam berdi. O‘tgan yili biz va Luxe Motors birgalikda Asaka Motors bilan muzokaralarni boshlagandik va bu bir yil davom etdi. Bir yil ichida ko‘p ishlar qildik. Mashinalarimizni faqat O‘zbekiston bozori uchun bundan ham ko‘p ishlab chiqarishga tayyormiz. Endilikda avtomobillarimizda ular to‘liq O‘zbekistonda ishlab chiqarilganini bildiruvchi Made in Uzbekistan belgisi bo‘ladi”, deydi Shineray kompaniyasi Vang Xiaolong.

Kompaniyaning asosiy maqsadi avtomobillar, shuningdek avtomobil ehtiyot qismlarini ishlab chiqarish hamda iste’molchilarga sifatli mashinalarni yetkazib berishdan iborat.

2021 yilda asos solingan Asaka Motors kompaniyasi dunyoning yetakchi avtomobil ishlab chiqaruvchilari bilan, masalan, Hyundai, Exeed, Shineray, Wuling, Opel, Fiat va Alfa Romeo kabi kompaniyalar bilan hamkorlikni faol rivojlantirmoqda. Shineray’ni Sirdaryoda ishlab chiqarishni boshlash – O‘zbekistonda yangi avtomobil ishlab chiqarish loyihasining muhim bosqichi bo‘lib, ularning komponentlarini mahalliylashtirishni davom ettirishga xizmat qiladi.

Shineray T30 yengil tijorat avtomobillari (pikaplari) seriyasi 50 foizdan ortiq bozor ulushini egallagan va mahalliy tijorat segmentining yulduz mahsulotiga aylangan. Ular O‘zbekiston bozorida ajoyib natijalarni ko‘rsatmoqda. Shineray’ning O‘zbekiston transport bozorida yetakchilik qilishi nafaqat mahsulotlarning mukammal sifati, balki mahalliy sharoitga moslashtirilgan, puxta o‘ylangan bozor strategiyasi bilan ham bog‘liq. Shineray mahalliy bozor ehtiyojlari uchun maxsus ishlab chiqilgan bir nechta modellarni taqdim etdi. Ulardan T30, T50S va X30L kabi modellar maxsus ishlab chiqilgan CNG tizimlari bilan jihozlangan va bozorning qizg‘in e’tirofiga sazovor bo‘lgan keng qamrovli optimallashtirishdan o‘tgan.

Ushbu pultopar avtomobilning T30 va T32 modeli og‘ir yuklarni tashishga mo‘ljallangan. Model 1.5 litrli dvigatelga va 115 ot kuchiga ega. O‘rtacha yoqilg‘i sarfi 100 kilometrga 8 litrni tashkil etadi, benzin bakining sig‘imi esa 50 litr. Bu imkoniyat bilan siz uzoq masofaga ham hech ikkilanmay bora olasiz. Standart komplektatsiyada avtomobil konditsioner, ABS tizimi va boshqa xavfsizlik elementlari bilan jihozlangan. Ular haydovchiga qulaylik yaratadi va himoyani kuchaytiradi. Uzunligi 4,9 metr, eni 1,7 metr, balandligi esa salkam 2 metr bo‘lgan bu modellarning salon qismiga keladigan bo‘lsak, u o‘ziga 2-5 kishini sig‘dira oladi.

Biznes qilish uchun zo‘r qulaylik yaratadigan  Shineray’ning mikroavtobus shaklidagi X30L va M7 modellari ham 1.5 litrli dvigatelga va 115 ot kuchiga ega. Avtomobil konditsioner, sensorli monitor, orqa kamera, ABS tizimi va boshqa xavfsizlik elementlariga ega. Ushbu modellar bilan 100 kilometr masofaga borish uchun mashinaga o‘rtacha 8 litr benzin quyish kifoya. Benzin bakining sig‘imi esa 40 litrni tashkil etadi. Uzunligi 4,5 metr, eni 1,6 metr va balandligi 2 metr bo‘lgan bu modellarning saloni 11 kishiga mo‘ljallangan.

O‘zbekistonda tabiiy gazning boy resurslari va nisbatan past narxini hisobga olgan holda Shineray KPG (komprimlangan tabiiy gaz) bilan ishlaydigan dvigatellarni maxsus ishlab chiqdi, ular kamroq gaz sarfi, ko‘proq quvvat va yuqori samaradorlik bilan ajralib turadi. Kompleks optimallashtirish orqali transport vositalarining operatsion xarajatlari yanada kamayadi. T30 modeli evro 6 standartiga kiradigan ekologik toza avtomobil hisoblanadi. T50S modellari qo‘shimcha yonilg‘i bakining hajmini oshirish orqali qishda gaz bilan to‘ldirishning yetishmasligi muammosini hal qiladi.

“Ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishimizdan ko‘zlangan asosiy maqsadimiz qo‘shimcha ish o‘rinlarini yaratish, qo‘shimcha investitsiya olib kirish hamda xalqimizga qulay bo‘lishi uchun avtomobillarimizning tannarxini pasaytirishdan iborat. 2025 yilning yakuniga qadar 1000 ta avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirganmiz. Ularni nafaqat ichki bozorda sotish, balki qo‘shni davlatlar - Tojikiston, Afg‘oniston, Qirg‘izistonga ham eksport qilishni rejalashtirganmiz”, deydi Luxe Motors kompaniyasining O‘zbekistondagi direktori Ixtiyor Usmonov.

Shineray O‘zbekiston bozorida mavjudligini yanada kengaytirish va chuqurlashtirish uchun mamlakat bo‘ylab integratsiyalashgan savdo va xizmat ko‘rsatish shoxobchalari tarmog‘ini 10 taga oshirishni rejalashtirmoqda. Bu ko‘proq mahalliy iste’molchilarga mahsulot bilan osongina tanishish va Shineray avtomobillarini sotib olish, professional texnik xizmat ko‘rsatish va ta’mirlash xizmatlarini o‘z vaqtida olish imkonini beradi.

Murojaat uchun: +998910880303  +998994754455  +998901390304

Instagram  |  Telegram  |  Sayt


Maqola muallifi

Teglar

Sirdaryo Asaka Motors Shineray

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing