“Arsenal” “Real” futbolchisi uchun jiddiy taklif tayyorlamoqda

Sport

image

Londonning “Arsenal” klubi Turkiya terma jamoasi yarim himoyachisi Arda Gyulerni sotib olish bo‘yicha “Real Madrid”ga rasmiy taklif bilan chiqmoqchi. Bu haqda “Live Score” xabar berdi.

Manbaga ko‘ra, “kanonirlar” Arda Gyuler bilan yozgi transfer oynasida shartnoma imzolashni maqsad qilgan, biroq futbolchining vakillari bilan dastlabki muzokaralarni aynan shu qishda boshlashni rejalashtirmoqda.

Shuningdek, turkiyalik futbolchiga londonliklardan tashqari “Liverpul” va “Manchester Yunayted” qiziqish bildirmoqda. Biroq, “qirollik klubi” 20 yoshli hujumchini klubning uzoq muddatli loyihasining bir qismi sifatida ko‘rib, uni qo‘yib yuborishni xohlamayapti.

Ma’lumot uchun, Arda Gyuler joriy mavsumda 27 ta o‘yinda maydonga tushib, 3 ta gol urdi va 8 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Futbolchi 2023 yil yozidan beri “Real Madrid” safida o‘ynab kelmoqda. Uning klub bilan amaldagi shartnomasi 2029 yilning iyuniga qadar amal qiladi.


Maqola muallifi

Teglar

“Real Madrid” “Arsenal” Arda Gyuler

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing