“Arsenal”ning sobiq futbolchisi yashirincha 2-marta uylandi

Sport

image

“Arsenal”ning sobiq futbolchisi va hozirda Birlashgan Arab Amirliklarining “Al Jazira” jamoasida to‘p surayotgan Muhammad Elneni marokashlik inflyuyenser Hanan bilan yashirincha turmush qurdi. Bu haqda “Sözcü” xabar berdi.

Nashrning yozishicha, gap-so‘zlar Hanan Instagram sahifasida joylashtirgan suratlar bilan boshlangan. Quyidagi suratda yuzi emoji bilan yopilgan kishining Elneni ekanini payqash mumkin. Bundan tashqari, rasmda Hanan homilador ekani ham aks etgan. Muxlislar tasvirlarda ko‘ringan joy va kiyim tafsilotlarini Elnenining avvalgi ko‘rinishlari bilan taqqoslab, uning shaxsini aniqlashgan.

Xabarlar tarqalganidan keyin Hanan Instagram sahifasini yopib qo‘ygan. Biroq juftlikning o‘tgan yilning oktyabr oyida Birlashgan Arab Amirliklarida nikohdan o‘tgani ma’lum bo‘lgan. Elneniga yaqin manbalar nikohni tasdiqlagach, juftlik sirni ochib, ijtimoiy tarmoqlarda to‘y marosimi suratlarini e’lon qilgan.

Elneni birinchi rafiqasi Amal El Henavi bilan 10 yil birga yashagan va ularning uch farzandi bor. Futbolchining marokashlik bloger Hanan Moja bilan yana turmush qurishi hamda blogerning undan homiladorligi haqidagi mish-mishlar bahs-munozaralar to‘lqiniga sabab bo‘lgan.

Ma’lumot uchun, 33 yoshli misrlik futbolchi 2016-2019 va 2020-2024 yillarda “Arsenal” safida to‘p tepgan. 2019-2020 yilgi mavsumda esa Turkiyaning “Beshiktosh” klubida ijarada o‘ynagan. Hozirda uning “Transfermarkt” portalidagi narxi – 1,8 mln yevro.


Maqola muallifi

Teglar

Arsenal Muhammad Elneni Hanan Moja Al Jazira Amal El Henavi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing