“Arsenal” 101 yillik rekordni yangilashi mumkin
Sport
−
24 may 4814 1 daqiqa
Londonning “Arsenal” jamoasi Angliyada 101 yildan beri saqlanib kelayotgan rekordni yangilashi mumkin.
Ertaga, 25 may kuni Angliya Premer-ligasining 38-turida “Arsenal” safarda “Sautgempton”ga qarshi bahs olib boradi va “kanonirlar” bu bahsda Angliyada 101 yildan beri buzilmay kelayotgan rekordni yangilashi mumkin.
Gap shundaki, “Arsenal” so‘nggi yillarda Premer-liga mavsumlarining yakuniy – 38-turidagi o‘yinlarida g‘alabalar seriyasiga ega: ular ketma-ket 14 mavsumda so‘nggi turdagi o‘yinini yutgan. Hozirda ular bu borada 1924 yilda to‘xtagan “Liverpul”ning natijasi bilan rekordni bo‘lishib turibdi. Agar so‘nggi turda “to‘pchilar” g‘alaba qozonsa, ushbu rekord yangilanadi.
Ma’lumot uchun, yakunlangan mavsumda “Arsenal” Chempionlar Ligasi yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi va turnir jadvalida ikkinchi o‘rinni egalladi.