Armaniston Ozarbayjondan tinchlik shartnomasi bo‘yicha yangi takliflar oldi

Olam

image

Armaniston Ozarbayjondan tinchlik shartnomasi bo‘yicha yangi taklif oldi va hozirda uning matni ustida ishlanmoqda. Bu haqda Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan bugun, 7 fevral kuni Berlinga qilgan ishchi tashrifi doirasida Germaniya Tashqi ishlar vaziri Annalena Berbok bilan o‘tkazgan matbuot anjumanida ma’lum qildi.

“Moskvada Ozarbayjon va Rossiya Tashqi ishlar vazirlari bilan uchrashishimiz kerak edi, biroq Lochin yo‘lagi to‘sib qo‘yilgani bois Armaniston tomoni o‘z ishtirokini keyinga qoldirdi. Ammo shunga qaramay, biz o‘z takliflarimizni Ozarbayjon tomoniga yetkazdik va yaqinda Bakudan tinchlik shartnomasi bo‘yicha yangi takliflar qabul qildik. Biz matn ustida ishlashda davom etamiz”, dedi Mirzoyan.

Shuningdek, Armaniston TIV rahbari tinchlik shartnomasi bo‘yicha ish davom etishi kerakligini va bu juda muhim ekanini aytgan.

Ma’lumot uchun, Armaniston va Ozarbayjon rahbarlari allaqachon tinchlik shartnomasi bo‘yicha muzokaralarning ikki raundini o‘tkazgan. Xususan, o‘tgan yilning 6 oktyabrida Pragada, 31 oktyabrda esa Sochida tomonlar o‘rtasida uchrashuvlar bo‘lib o‘tgan.

Eslatib o‘tamiz, oldinroq Armoniston Lochin yo‘lagini to‘sib qo‘ygani uchun Ozarbayjon ustidan BMT xalqaro sudiga murojaat qilgan edi.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing