Armaniston majburiyatlariga sodiq emas – Rasmiy Baku

Olam

image

Armaniston tomonining Ozarbayjon Prezidenti va Armaniston Bosh vaziri o‘rtasidagi uchrashuvda Fransiya Prezidenti Emmanuel Makronning ham ishtirok etishi bo‘yicha talabi arman tomoni o‘z majburiyatlariga sodiq emasligini yana bir bor ko‘rsatadi. Bu haqda Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi (TIV) tomonidan berilgan bayonotda so‘z boradi.

Baku Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyanning Armaniston matbuotiga bergan intervyusi munosabati bilan bayonot berdi. 

“Armenpress” axborot agentligiga bergan intervyusida Armaniston Tashqi ishlar vaziri Ararat Mirzoyan Ozarbayjon va Armaniston o‘rtasidagi muzokaralar, tinchlik bitimini tayyorlash, delimitatsiya jarayoni, mina tahdidi, shuningdek, hududiy yaxlitlikni tan olish jarayonining mohiyatini chalg‘itishga va buzib ko‘rsatishga urindi va bu mutlaqo asossiz hamda qabul qilib bo‘lmasdir”, deyiladi Ozarbayjon TIV bayonotida. 

Qayd etilishicha, Armaniston tomonidan Fransiya Prezidentining Ozarbayjon va Armaniston rahbarlarining navbatdagi uchrashuvida majburiy ishtirok etishi haqidagi sharti arman tomoni o‘z majburiyatlariga sodiq emasligi va xuddi shunday formatdagi navbatdagi uchrashuv bo‘yicha kelishuvga Pragada emas, 31 avgust kuni Bryusselda erishilganini unutganidan dalolat beradi. 

“Navbatdagi uchrashuv bo‘yicha Bryussel kelishuviga qaramay, afsuski, Ozarbayjonning Pragadagi uchrashuvga vijdonan roziligi va Fransiya Prezidentining Yevropa Kengashi Prezidenti Sharl Mishel bilan birga ishtirok etishidan keyinchalik noto‘g‘ri foydalanildi. Aslida, bu Fransiya tomoni xolis va adolatli vositachi emasligini ko‘rsatdi. Armanistondan farqli o‘laroq, Ozarbayjon yetakchilar o‘rtasidagi muzokaralardan voz kechmadi va Bryussel kelishuviga muvofiq muzokaralarni davom ettirish tarafdori”, deyiladi bayonotda.

Shuningdek, rasmiy Baku delimitatsiya jarayonining asoslari to‘g‘risidagi kelishuvga ham to‘xtalgan. 

“Armaniston Tashqi ishlar vazirining da’vosiga zid ravishda Praga va Sochi yig‘ilishlari bayonotlarida delimitatsiya Birlashgan Millatlar Tashkiloti Nizomi va Olma-Ota deklaratsiyasida qayd etilganidek, hududiy yaxlitlik va suverenitetning o‘zaro tan olinishi asosida amalga oshirilishi rejalashtirilgan. Umuman olganda, BMT Nizomi va Olmaota deklaratsiyasida zikr etilgan tamoyillar kontekstida havola qilingan va Armaniston tomoniga yaxshi ma’lumki, bu uchrashuvlarda delimitatsiyani amalga oshiradigan xaritalar haqida hech qanday qoidalar yo‘q. Delimitatsiya jarayoni barcha yuridik ahamiyatga ega hujjatlarni tahlil qilish asosida amalga oshirilishi kerak”.

Ozarbayjon Tashqi ishlar vazirligi joriy yilning sentyabr oyida Armaniston tomonining minalar o‘rnatishi va Ozarbayjon harbiylari pozitsiyalariga qarshi provokatsiyalar natijasida, shu yilning sentyabr oyida sodir bo‘lgan to‘qnashuvda Ozarbayjon Armaniston hududini ishg‘ol qilgani haqidagi bayonotlarni asossiz deb atadi. 

“Ozarbayjon hududlarini qariyb 30 yildan beri bosib olgan Armanistonning hozirgacha Ozarbayjonning 8 qishlog‘ini ishg‘ol ostida ushlab turishi, Ozarbayjon hududidan qo‘shinlarini to‘liq olib chiqmagani, harbiy provokatsiyalari va mina tahdidlarini davom ettirayotgani Armanistonning Ozarbayjon chegarada Armaniston pozitsiyalarini egallagani va shu tariqa komissiya ishiga to‘sqinlik qilayotgani haqidagi ayblovlari mantiqqa zid ekanini isbotlaydi. 

Shuni unutmaslik kerakki, 2020 yilgi Vatan urushidan keyin aynan Armaniston uzoq vaqt davomida Ozarbayjonning chegaralarni delimitatsiya qilish taklifiga javob bermagan”, deyiladi bayonotda.

Ozarbayjon TIV o‘z zimmasiga olgan majburiyatlardan bo‘yin tovlash, Uch tomonlama bayonot qoidalarini noto‘g‘ri talqin qilish, buzg‘unchi harakatlar nafaqat mintaqada tinchlikni tiklashga xizmat qilmasligi, balki birinchi navbatda Armanistonning o‘ziga qarshi qaratilganini ta’kidladi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

7

Reyting

2.4

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing