Arizasini qaytarib olish evaziga 5 ming AQSH dollari olgan “zamdirektor” qo‘lga tushdi (video)
3-sahifa
−
30 yanvar 10157 2 daqiqa
Toshkent viloyatida da’vo arizasini qaytarib olish evaziga 5 ming AQSH dollari pora olayotgan direktor o‘rinbosari ushlandi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati (DXX) xabar berdi.
Ma’lum bo‘lishicha, Toshkent viloyati hokimligining “Yagona buyurtmachi xizmati” davlat muassasasi direktori o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda, “Shaffof qurilish” milliy axborot tizimi orqali shartnoma qiymati 2 mlrd 73 mln so‘m bo‘lgan ob’ektni kapital ta’mirlash bo‘yicha g‘olib bo‘lgan pudratchi tashkilot hisob raqamiga bo‘nak sifatida 1,1 mlrd so‘m mablag‘ o‘tkazib bergani evaziga muqaddam MCHJ rahbaridan tamagirlik yo‘li bilan 2 ming AQSH dollari olgan.
Shuningdek, u jinoiy harakatini takroran davom ettirib, pudratchi tashkilot tomonidan qurilish ishlari belgilangan muddatlarda bajarilmaganligi sababli undan 643 mln 530 ming so‘m penya undirish bo‘yicha Toshkent tumanlararo iqtisodiy sudiga kiritilgan da’vo arizasidan voz kechish orqali MCHJ foydasiga ajrim chiqartirib bergani evaziga 5 ming AQSH dollarini pora tariqasida olayotgan paytda DXX ning Toshkent viloyati bo‘yicha boshqarmasi xodimlari tomonidan qo‘lga olingan.
Ayni paytda ushbu mansabdor shaxsga nisbatan Jinoyat kodeksining 210-moddasi (pora olish) 2-qismi “a”, “v” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, “qamoq” ehtiyot chorasi qo‘llanilgan.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq Andijon viloyatining Baliqchi tumanida pora evaziga o‘zgalarni ishga kiritishni va’da qilgan Favqulodda vaziyatlar bo‘limi xodimi ushlangani haqida xabar berilgandi.
Aliqulov Javohir
Live
Barchasi