YeCHL: “Bavariya” “Lion”ni yirik hisobda yengdi
Sport
−
20 avgust 2020 8630 1 daqiqa
Yevropa Chempionlar ligasining ikkinchi finalchisi ma’lum bo‘ldi. Yarimfinal doirasidagi “Lion”-“Bavariya” bahsida nemislar raqibini 0:3 hisobida mag‘lub etdi.
Birinchi bo‘limda Serj Gnabri tomonidan kiritilgan gollar va Levandovskiyning o‘yin oxirlarida urgan bitta goli “nemis mashinasi”ga g‘alaba keltirdi.
Lion – Bavariya 0:3
Gollar: Gnabri (18, 33), Levandovskiy (88).
“Lion”: Antoni Lopesh, Denayer, Marselo, Marsal (Sherki, 73), Dyubua (Tete, 67), Bruno Gimaraes (Tiago Mendes, 46), Kakre, Auar, Korne, Depay (Dembele, 58), Toko-Ekambi (Ren-Adelaid, 67).
“Bavariya”: Noyer, Boateng (Zyule, 46), Alaba, Kimmix, Alkantara (Tolisso, 82), Devis, Goretska (Pavar, 82), Perishich (Koman, 63), Gnabri (Koutino, 75), Levandovskiy, Myuller.
Ogohlantirishlar: Marselo (35), Marsal (42).
Ma’lumot uchun, “Bavariya” finalda PSJga qarshi o‘ynaydi. Final bahsi 23 avgust kuni Lissabonda o‘tkaziladi.
Live
BarchasiNavoiyda Qorbobolar paradi o‘tkazildi
25 dekabr
Mariya Zaxarova 50 yoshga to‘ldi
25 dekabr