Andijonda hujjatsiz biologik faol qo‘shimchalarni sotayotganlar ushlandi (video)

3-sahifa

image

Andijonda qo‘shni davlatdan noqonuniy olib kelingan 226 mln 343 ming so‘mlik biologik faol qo‘shimchalar fosh etildi. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Ichki ishlar va Bojxona organlari bilan hamkorlikda Namangan shahrida o‘tkazilgan tezkor tadbirda 1977 yilda tug‘ilgan mahalliy fuqaro boshqaruvidagi Damas rusumli avtomashina ko‘zdan kechirilgan.

Natijada avtomashina salonida xorijda ishlab chiqarilgan, lekin tegishli hujjatlari bo‘lmagan 5 turdagi biologik faol qo‘shimchalar borligi ma’lum bo‘lgan. Tergovga qadar tekshiruv davomida ushbu fuqaro va uning turmush o‘rtog‘i bergan ko‘rsatmalarga ko‘ra, qo‘shni davlatdan aylanma yo‘llar orqali mamlakatga keltirilgan ushbu mahsulotlar Andijon viloyati hududida qirg‘izistonlik egasiga topshirilishi kerak bo‘lgan.

So‘ngra tezkor tadbir davom ettirilib, Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanida biologik faol qo‘shimchalarni qabul qilib olgan vaqtida ularning haqiqiy egasi bo‘lgan – Qirg‘iz Respublikasi Jalolobod viloyati Manas shahrida yashovchi, 1976 yilda tug‘ilgan ayol hamda u bilan birga kelgan, Qo‘rg‘ontepa tumanida istiqomat qiluvchi, 1982 yilda tug‘ilgan tanishi ham ushlangan.

Aniqlanishicha, jami 2957 dona flakonda bo‘lgan, kapsula ko‘rinishidagi “Samyun Van”, “Cherniy tmin”, “Senna Mekkanskaya”, “Mumiye Altayskoye”, “Kist al-Xindi” nomli biologik faol qo‘shimchalarning umumiy qiymati 226 mln 343 ming so‘mni tashkil qiladi.

Bildirilishicha, hozirda holat yuzasidan qonunbuzarlarga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Xorazm viloyatining Qo‘shko‘pir tumanida payvandlash uskunasiga qariyb 1,5 kg “geroin” yashirgan shaxs ushlangandi.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon biologik faol qo'shimchalar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing