Andijonda Onix 5 yashar bolani urib yubordi

3-sahifa

image

Andijon viloyatining Andijon shahrida Onix mashinasi haydovchisi 5 yoshli bolani urib, unga tan-jarohati yetkazdi. Bu haqda viloyat Yo‘l harakati xavfsizligi boshqarmasi xabar berdi. 

Ma’lum qilinishicha, joriy yilning 21 may kuni soat 20:25 da shaharning “O‘zbegim” MFY Mashrab ko‘chasida Onix rusumli transport vositasinining 22 yoshli haydovchisi mashinani boshqarib ketayotib, oldinda tartibga solinmagan piyodalar o‘tish joyidan yo‘lni kesib o‘tayotgan 5 yoshli piyodani urib yuborgan. 

Hodisa oqibatida voyaga yetmagan piyoda olgan tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan. Bolaning keyingi ahvoli haqida esa hech qanday ma’lumot berilmagan. 

Mazkur holat yuzasidan Andijon shahri bo‘yicha IIOFMB Tergov bo‘limi xodimi tomonidan haydovchiga nisbatan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) 1-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan hamda hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Farg‘ona viloyatining Marg‘ilon tumanida ko‘chada o‘ynab o‘tirgan 2 yoshli bolani Gentra bosib ketgani haqida xabar berilgandi. Haydovchi ayol qilgan ishi uchun 2 yil muddatga muayyan huquqdan, ya’ni barcha turdagi transport vositalarini boshqarish huquqidan mahrum qilinib, uydan chiqishni butunlay cheklashdan iborat 2 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlangan. Shuningdek, ayol bolaning otasiga 2 mln 350 ming so‘m moddiy va 25 mln so‘m miqdorda ma’naviy zarar to‘lab berishi belgilangan.


Maqola muallifi

Teglar

Andijon Onix

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing