Andijonda IIB xodimi avtomobilida ikki kishini urib yubordi
3-sahifa
−
10 dekabr 2022 7983 1 daqiqa
2022 yil 9 dekabr kuni soat 22:00 larda Andijon viloyati Ichki ishlar boshqarmasi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati xodimi E.M. ikki nafar piyodani urib yuborgan. Bu haqda Andijon viloyati IIB Matbuot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, IIB xodimi xizmatdan so‘ng Asaka tumani "Qashqar" MFY hududidan o‘tuvchi 4R-112E avtomobil yo‘lining 2-kilometrida Spark'da harakatlanib ketayotgan vaqtda avtomobil ko‘prigi ustidagi muzlamada transport vositasi sirpanib ketgan va rul boshqaruvini yo‘qotgan. Oqibatda yo‘l chetida ketayotgan ikki piyodani urib yuborgan.
1994 yilda tug‘ilgan piyoda M.K. olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan. Shuningdek, 2004 yilda tug‘ilgan piyoda A.K. tan jarohati bilan shifoxonaga yotqizilgan.
Holat yuzasidan prokuratura organlari tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Sohiba Komilovna
Live
BarchasiNamanganda yana zilzila bo‘ldi
06 dekabr