Andijonda fuqarolarni “zapravka”ga pul evaziga kiritgan shaxslar qamaldi

3-sahifa

image

Ijtimoiy tarmoqlarda Andijon viloyatida noma’lum shaxslar gaz “zapravka”ga kelgan haydovchilardan pul olayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi ma’lumot berdi. 

Qayd etilishicha, “S.M.G.” mas’uliyati cheklangan jamiyati avtomobillarga gaz quyish shoxobchasiga 2 nafar shaxs K.O‘. va S.O. pul evaziga fuqarolarni navbatsiz kiritgan.

Ushbu fuqarolarga nisbatan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 183, 194-modda 1-qismi hamda 200-moddalariga asosan hujjatlar rasmiylashtirilgan. Ularning ishlari qonuniy tartibda ko‘rib chiqish uchun Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tuman sudiga yuborilgan.  

Jinoyat ishlari bo‘yicha Oltinko‘l tuman sudi tomonidan K.O‘. va S.O.ga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risidagi ish ko‘rib chiqilib, ularga 15 sutkadan ma’muriy qamoq jazosi tayinlangan.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

388

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing