Andijonda 4,6 mlrd so‘mlik “svet” o‘g‘irlandi
3-sahifa
−
09 avgust 4468 1 daqiqa
Andijon viloyatining Andijon shahrida 4,6 mlrd so‘mlik elektr enegiyasidan noqonuniy foydalangan MCHJ fosh etildi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi xabar berdi.
Ma’lum qilinishicha, o‘tkazilgan nazorat tadbirida Andijon shahrida faoliyat yuritayotgan “G.T.” MCHJ tomonidan elektr enegiyasidan noqonuniy foydalanib kelayotgani aniqlangan.
Ushbu MCHJga qarashli 2 ta tekstil mahsulotlarga aksessuarlar ishlab chiqarish va matolarga gul bosish sexi elektr tarmoqlariga o‘zboshimchalik bilan ulangani ma’lum bo‘lgan.
Qoidabuzarlik oqibatida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, elektr ta’minoti korxonasiga 4 milliard 651 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Bildirilishicha, hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.
Eslatib o‘tamiz, joriy yilning iyul oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida tizimga 96 milliard so‘mlik zarar yetkazilgani haqida xabar berilgandi. Ushbu oyda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish bo‘yicha 279 ta holat aniqlangan.
Live
Barchasi