DXX Shuhrat Abdurahmonovning o‘rinbosari 50 ming dollar bilan ushlanganini tasdiqladi (video)

3-sahifa

image

Avvalroq, QALAMPIR.UZ manbasi Andijon viloyati hokimining to‘rt oy avval tayinlangan o‘rinbosari Isomiddin Ismanov o‘z uyida 50 ming AQSH dollari miqdorida pora olayotganda qo‘lga olingani haqida xabar bergan edi. U qurilish ishlari amalga oshirishi uchun ruxsatnoma olib berishni va’da qilgan. Bu haqda Davlat xavfsizlik xizmati xabar berdi.

Qayd etilishicha, Andijon viloyati hokimi o‘rinbosari o‘z xizmat mavqeidan foydalangan holda tadbirkorlik bilan shug‘ullanmoqchi bo‘lgan fuqaroning ishonchiga kirgan. Xususan, u Bobur shahri hududidagi davlat zaxirasida bo‘lgan 20 sotix yer maydonini vakolatli mansabdor tanishlari orqali auksionga qo‘ydirib, so‘ngra yutib berish hamda mazkur fuqaro nomiga rasmiylashtirib, kelgusida bu joyda qurilish ishlari amalga oshirishi uchun ruxsatnoma olib berish evaziga 50 ming AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari so‘ralgan pul mablag‘ini o‘zining yashash xonadonida olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Eslatib o‘tamiz, mazkur holat yuzasidan 5 aprel kuni Ismanovga nisbatan Jinoyat kodeksining 25, 168-moddasi (firibgarlik) 4-qismi “a” bandi va 28, 211-moddasi (pora berish) 3-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. 


Maqola muallifi

Teglar

pora hokim o'rinbosari Isomiddin Ismanov

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing