“Amonatbank”ning bosh hisobchisi o‘z boshiga o‘q uzdi
Olam
−
13 Oktabr 2019
20441Tojikiston Respublikasining Tog‘li Badaxshon avtonom viloyatining Ishkoshim tumanidagi "Amonatbank" filiali bosh hisobchisi Orif Baxtaliyevich Turdiyev shu yilning 5 oktyabr kuni soat 16:40 atrofida o‘zini otib o‘ldirdi. Bu haqda Axbor xabar bermoqda.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, Orif Turdiyev joriy yilning 5 oktyabr kuni stress holatida bo‘lgan. U filial qo‘riqchisining qurolini olib, o‘z boshiga qarata o‘q uzgan.T
Turdiyev kasalxonaga yotqizilgan, ammo u ko‘p qon yo‘qotishi sabab vafot etgan. 47 yoshli Orif Turdiyev 22 yil "Amonatbank"da ishlagan. Uning to‘rt farzandi bor.
Orif Turdiyevning o‘z joniga qasd qilish sabablari haqida turli xil fikrlar bildirilgan.
Bank ma’muriyatiga yaqin manbalarga ko‘ra, Turdiyev sertifikatsiyadan o‘tmagan va shuning uchun u o‘z joniga qasd qilgan.
Boshqa manbalarning ta’kidlashicha, bosh buxgalterning o‘z joniga qasd qilishi "Amonatbank" ning Ishkoshim filiali faoliyati ustidan o‘tkazilgan tazyiq tufayli bo‘lgan.
LiveBarchasi