Amerikalik neyrojarrohlar Nano Medical Clinic'da ikkinchi qabulini boshladi

Biznes

image

Endilikda davolanish uchun chet elga borishingiz, minglab dollar sarflashingiz, ingliz tilini bilmay sarson bo‘lish va eng muhimi, samarasiz muolajalardan umid qilishingizga zarurat qolmadi.

Mazkur hamkorlik nafaqat klinika, balki butun O‘zbekiston tibbiyoti uchun muhim qadam bo‘lib, ilg‘or neyroxirurgik tibbiy xizmatlarni taqdim etish imkonini beradi. 

Hozirda Nano Medical Clinic'da AQSHdan kelgan uch nafar tajribali neyrojarroh muntazam ish boshlashdi. Ular:

  1. Bill Mastrodimos;
  2. Ali Azamov;
  3. Mishel Ban.

Shifokorlarning har biri o‘z yo‘nalishida uzoq yillik tajribaga ega bo‘lib, markaziy asab tizimi murakkab patologiyalari, neyroonkologik kasalliklar, invaziv va funksional neyrojarrohlik bo‘yicha chuqur bilim va malakaga ega.

Amerikalik neyrojarrohlar O‘zbekistonga muntazam tashrif buyurib, og‘ir nevrologik holatlarda, xususan, orqa miya va bosh miyaning murakkab patologiyalarida bemorlarga samarali yordam ko‘rsatadilar.

 Nano Medical Clinic'dagi faoliyati doirasida shifokorlar – nafaqat operatsiyalarni o‘tkazadi, balki eng so‘nggi davolash metodlaridan foydalanib, bemorlar sog‘ayib ketguncha har bir bosqichda klinik kuzatuv olib boradi.

Bu jarayonda har bir detal hisobga olinadi: zamonaviy diagnostika, aniq tashxisga asoslangan individual muolajalar, reabilitatsiya, psixologik yordam va boshqalar.

 Nano Medical Clinic nafaqat texnik imkoniyatlari, balki tibbiy xizmat sifati bilan ham ajralib turadi. Bemorlar uchun qulay palatalar, yuqori darajadagi parvarish, moslashtirilgan reabilitatsion dasturlar va xalqaro standartlarga asoslangan davolash tizimi mavjud. Shuningdek, xorijiy mutaxassislarning ishtiroki bemorlarning ishonchini oshirib, sog‘lig‘ini tiklashga yanada ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Bu oddiy tashrif emas, balki sog‘lig‘ingizni tiklash uchun qulay imkoniyatdir! 

Odatda, shunday mutaxassislar qabuliga borish uchun xorijga chiqishingiz zarur. Afsuski, buning uchun ko‘p vaqt va mablag‘ yo‘qotishingiz mumkin. Biroq, endi amerikalik neyrojarrohlar tajribasidan O‘zbekistonda ham foydalanish imkoniga egasiz.

Batafsil ma’lumot olish va qabulga yozilish uchun qo‘ng‘iroq qiling: +998555000550

Instagram: instagram.com/nanomedicalclinic

Reklama huquqi asosida


Maqola muallifi

Teglar

Nano Medical Clinic Bill Mastrodimos Ali Azamov Mishel' Ban neyrojarroh

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing

Mavzuga doir yangiliklar