Amerikacha uslub: Xitoy AQSHni ochiqlikka chaqirdi

Olam

image

Avval xabar berganimizdek, Amerika Qo‘shma Shtatlarining Ogayo shtatida zaharli moddalar olib ketayotgan poyezd relsdan chiqib ketgan va portlash yuzaga kelgandi. Endilikda Xitoy hukumati AQSH rasmiylaridan xalqaro hamjamiyatni mazkur holat yuzasidan xabardor qilishini kutmoqda. Bu haqda bugun, 28 fevral kuni Xitoy Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Mao Ning ma’lum qildi.

“Biz buni e’tiborga oldik. Ko‘pchilik ogayoliklar bu hududda hayvonlar nobud bo‘lganini aytishdi. Zaharli gazning sizib chiqishi inson salomatligi va atrof-muhitga uzoq muddatli zarar yetkazishi, hatto ekologik muhitni yo‘q qilishga olib kelishi mumkin. Umid qilamizki, AQSH ochiqlik va oshkoralikni saqlagan holda xalqaro hamjamiyatga ushbu voqea bo‘yicha mas’uliyatli, tezkor va har tomonlama hisobot beradi”, degan Mao Ning. 

Uning so‘zlariga ko‘ra, kimyoviy moddalar to‘kilishining oqibatlari faqat AQSH bilan cheklanmaydi, chunki ifloslangan mahsulotlar boshqa mamlakatlarga eksport qilinishi mumkin. Bundan tashqari, hodisa AQSHda istiqomat qiluvchi chet el fuqarolarining salomatligi va xavfsizligiga tahdid soladi.

Eslatib o‘tamiz, Ogayoda kimyoviy moddalar ortilgan poyezd halokatga uchragandan so‘ng, butun shtat bo‘ylab tutun buluti tarqalgan hamda mahalliy aholidan hududdagi suv havzalaridan foydalanmaslik hamda iste’mol qilayotgan mahsulotlarga e’tiborli bo‘lish so‘ralgandi.

Aytish joizki, AQSH karonavirus pandemiyasi tarqalishi, “josus shar”lar aniqlanishi kabi holatlarda har doim Xitoyni aybdor qilib ko‘rsatib kelgan. Xitoy esa barcha ayblovlarni rad qilishdan charchamayapti. Endilikda Xitoy ushbu uslubni AQSHga qarshi qo‘llab, uni dunyo hamjamiyati oldida hisob berishga chaqirmoqda.

Alibek Beyjanov


Maqola muallifi

avatar

.

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing