Amerika harbiylari Tinch okeanida uchta kemaga zarb berdi. Qurbonlar bor

Olam

image

AQSH sharqiy Tinch okeanida giyohvand moddalarni tashiyotgani aytilayotgan uchta kemaga zarba berdi. Hujumlar oqibatida sakkiz kishi halok bo‘ldi. Bu haqda AQSH Qurolli kuchlarining Janubiy qo‘mondonligi xabar berdi .

Qayd etilishicha, hujumlar oqibatida jami sakkiz kishi halok bo‘lgan: birinchi kemada uch kishi, ikkinchisida ikki kishi, uchinchisida yana uch kishi bo‘lgan. Qo‘mondonlik xabariga ko‘ra, kemalar xalqaro suvlarda zarba olgan.

AQSH Prezidenti Donald Tramp Lotin Amerikasidagi narkokartellarga qarshi “joyida kurash” doirasida qurolli kuchlardan keng va faol foydalanishni nazarda tutuvchi farmonni imzolagan edi.

Shu doirada AQSH avgust oxirida Venesuela sohiliga suvosti kemasi va jangovar kemalarni o‘z ichiga olgan dengiz guruhini yuborgan. Mudofaa vaziri Pit Hegset shu paytda AQSH Qurolli kuchlari Venesuela hududida, jumladan, rejimni o‘zgartirish ssenariylarini ham amalga oshirishga tayyor ekanini bildirgan.

Shu bilan birga, AQSH harbiylari yaqinda Karib havzasi va Tinch okeanidagi kemalarga narkotrafikni nazorat qilish nomi ostida hujum qilishi, shuningdek, kemalarda bo‘lgan odamlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri zarba berishi xalqaro hamjamiyatda “sudsiz qatl” deb ataladigan masalalar bo‘yicha munozaralarga sabab bo‘lmoqda.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq AQSH Venesuelada ulkan tankerni qo‘lga olgandi.


Maqola muallifi

Teglar

harbiylar kema Tinch okeani Amerika

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing