Alonso Yildiz uchun istalgan qurbonlikka tayyor – manba

Sport

image

Ispaniyaning “Real Madrid” jamoasi bosh murabbiyi Xabi Alonso yozgi transfer oynasida “Yuventus” futbolchisi Kenan Yildizni qo‘lga kiritishni rahbariyatdan so‘ragan. Bu haqda italiyalik futbol agenti Jovanni Branchiniga tayanib, AS nashri xabar berdi.

21 yoshli futbolchi “Yuventus”ning asosiy jamoasida yetakchi o‘yinchilardan biri sifatida Yevropaning bir qator grant klublari e’tiborini tortmoqda. Turin klubi esa uni jamoa atrofida yangi loyihaning markaziy figuralaridan biri sifatida ko‘radi, biroq yaxshi takliflar “Yuventus”ni o‘ylab ko‘rishga majbur qilishi mumkin. Uning transfer narxi kamida 100 million yevroga baholanmoqda.

“Xabi Alonso Yildizni “Real Madrid”ga olib kelishni xohlamoqda. U Mbappedan tashqari hammani bu transfer uchun qurbon qilishga tayyor. Hozirda “Yuventus” 100 million yevro so‘ramoqda,” deydi Jovanni Branchini.

Alonso ilgari “Bavariya”da o‘ynagan paytda Yildiz klubning yoshlar tizimida faoliyat yuritgan va ular o‘sha davrdan yaxshi munosabat saqlab qolishgan. “Yuventus”ga qarshi o‘yin oldidan Alonso futbolchi haqida iliq fikrlar bildirdi:

“Yuventus” juda yaxshi futbolchilarga ega, Yildiz ulardan biri. U ajoyib o‘yin ko‘rsatmoqda. Men uni “Bavariya”da o‘ynagan paytimdan bilaman va uning hozirgi muvaffaqiyatini ko‘rib, juda xursandman”, deydi Alonso

Ma’lumot uchun, Kenan Yildiz joriy mavsum A Seriyada 7 ta uchrashuvda maydonga tushib, 1 ta gol va 3 golli uzatma muallifi bo‘lgan. Hozirda uning “Transfermarkt”dagi bahosi 75 million yevro hisoblanadi.


Maqola muallifi

Teglar

Xabi Alonso Kenan Yildiz 100 million evro Jovanni Branchini

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing