Akademik Temurjon Nosirov vafot etdi
Jamiyat
−
12 noyabr 2024 6324 1 daqiqa
Bugun, 12 noyabr kuni elektroenergetik tizimlarning rejimlarini tahlili va nazariyasi bo‘yicha yirik olim, akademik Temurjon Xayrullayevich Nosirov 83 yoshida vafot etdi. Bu haqda O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi matbuot xizmati xabar berdi.
“Kamtarin va samimiy olim elektroenergetik tizimlarning normal va avariya rejimlarini kompleks tahlil usullarini yaratish hamda umumlashtirish bo‘yicha ilmiy tadqiqotlar olib borgan”, deyiladi xabarda.
Ma’lumot uchun, marhum 1941 yilning 25 iyulida Toshkent viloyatining Zangiota tumanida tug‘ilgan. Hayoti davomida “O‘zbekiston energomarkazi”ning bosh direktori, ToshTU energetika fakulteti professori, “Elektroenergetika” yo‘nalishining ilmiy rahbari bo‘lib ishlagan. Uning ilmiy ishlari elektroenergetika tizimlarning turli rejimlari tahlili uchun nazariy umumlashtirilgan modellari va algoritmlariga hamda avtomatlashtirilgan dispetcherlik boshqaruvi tizimlariga bag‘ishlangan. Akademikning “Elektr tizimi tarmoqlarining chiziqli dizayn modellari”, “Elektr tizimlarining barqaror holat rejimlari nazariyasi va hisoblash asoslari”, “Elektr energiya tizimlarining barqaror rejimlari va ularni optimallashtirish” singari asarlari bor.
Eslatib o‘tamiz, avvalroq O‘zbekiston Qahramoni, surxondaryolik fermer Ahmad Narzullayev 68 yoshida vafot etgandi.
Live
BarchasiMen diktatorman – Tramp
10:14