AQSHning Afg‘onistondan chiqishi sharmandalik – Hamid Karzay
Olam
−
15 avgust 2022 11733 2 daqiqa
AQSH harbiylarining o‘tgan yili avgust oyida Afg‘onistondagi harbiy missiyani tugatib, mamlakatni tark etishi sharmandalik bo‘lgan. Afg‘onistonning sobiq Prezidenti Hamid Karzay DW mediakompaniyasiga bergan intervyusida shunday fikr bildirdi.
Karzay AQSHni Afg‘onistonni yolg‘iz qoldirib, mamlakat tark etgani va shu tariqa hokimiyatni “Tolibon”ga topshirgani uchun tanqid qilgan.
“Bu juda achinarli. Qo‘shma Shtatlarning Afg‘onistondan chiqib ketishi usuli sharmandalik edi. Biz uchun haqoratli va Amerika xalqi uchun og‘riqli”, degan u.
“Karzay “Tolibon” hokimiyatga qaytishi fonida afg‘onlarni birlashishga va o‘z huquqlari, jumladan, qizlar va ayollarning ta’lim olish huquqi uchun kurashishga chaqirdi. U mamlakatni tark etish ehtimolini inkor etib, qiyin paytlarda vatan tashlab ketilmaganini aytgan.
“Bu bizning mamlakatimiz. Bu bizning uyimiz. Qiyin bo‘lganda uylarini tark etishmaydi. Siz uyda qoling va uyingizni tartibga keltiring. Qisqa va aniq”, degan sobiq Prezident.
Hamid Karzay “Al-Qoida” yetakchisi Ayman az-Zavohiriyning amerikaliklar tomonidan yo‘q qilinishi Afg‘onistonni yana xalqaro terrorizm homiysiga aylantirishi mumkin degan fikrga qo‘shilmaydi.
“Afg‘oniston hech qachon global terror homiysi bo‘lmagan. Afg‘oniston global terror qurboni bo‘ldi. Afg‘on xalqi terrorizmning eng katta qurboni bo‘ldi. Afg‘onlar butun dunyo bo‘ylab terror qurbonlariga hamdardlik bildiradi, chunki biz o‘zimiz bundan ham ko‘proq jabr ko‘rdik. Afg‘onistonliklar 11 sentyabr fojiasi qurbonlariga chuqur hamdardlik bildiradi, chunki biz birinchilardan bo‘lib jabr ko‘rdik”, degan u.
Karzay afg‘onlar terror qurboni bo‘lgani holda, unga qarshi kurash qurboniga ham aylanganini qayd etdi.
“Shuning uchun biz terror bilan hech qanday aloqamiz bo‘lishini xohlamaymiz. Az-Zavohiriy bilan bo‘lgan voqeaga kelsak, amerikaliklar uni o‘ldirganliklarini ma’lum qilishdi. “Tolibon” az-Zavohiriyning Qobulda bo‘lganidan bexabar ekanligini va bu borada tergov olib borishini bildirdi. Shunday ekan, tergov natijalarini kutamiz”, degan Karzay.
Ma’lumot uchun, Hamid Karzay 2004–2014 yillarda Afg‘oniston Prezidenti bo‘lgan.
Live
Barchasi31 dekabr 2025
Farg‘ona davlat texnika universiteti rektori Qo‘ng‘irotboy Sharipovga yangi o‘rinbosar bo‘ldi.
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
30 dekabr 2025
29 dekabr 2025