AQSHda o‘zbekistonlik yigit bir oilani garovga olib, uyini tunadi

3-sahifa

image

Amerika Qo‘shma Shtatlarining Nyu-York shtatida 24 yoshli O‘zbekiston fuqarosi er-xotinni garovga olib, ularning uyi va mashinasini o‘mardi. Bu haqda “The New York Post” xabar berdi. 

Qayd etilishicha, R.Z. ismli O‘zbekiston fuqarosi joriy yilning 16 iyul kuni xitoylik sherigi bilan birga Nyu-Yorkning Kvins tumani Flashing mavzesida o‘zlarini Federal qidiruv byurosi xodimi sifatida tanishtirib, shu hududda yashovchi er-xotinning uyiga bostirib kirgan. Shundan so‘ng, ular uy egalarini bog‘lab qo‘yib, qurol bilan tahdid qilgan holda qo‘rqitgan. Ularni bir necha soat davomida shunday holda ushlab turib, uyini tunagan. 

“Keyin R.Z. va sherigi turli buyumlar, jumladan, kredit kartalari, alohida buyurtma bo‘yicha tayyorlangan sumkalar, qimmatbaho zargarlik buyumlari, jabrlanuvchilardan biriga tegishli uyali aloqa moslamasi, jabrlanuvchilarning Mercedes-Benz avtomobili kalitlari va taxminan 30 000 dollar miqdoridagi kriptovalyutani o‘g‘irlagan”, deyiladi xabarda.

R.Z. va sherigi uyni tunab bo‘lgach, 15 daqiqalik taymer o‘rnatgan va jabrlanuvchilarni bo‘shatib, ular qochib ketgunga qadar kutishni tayinlagan. Er-xotin shu kuni 23:00 da politsiyaga murojaat qilgan. 

O‘zbekistonlik yigit o‘g‘irlangan mashinani haydab borib, Manxettendagi avtoturargohga joylashtirgan. 19 iyul kuni u mashinani olib ketish uchun kelgan va kalitlarni so‘rab, to‘xtash joyi xodimiga murojaat qilgan. U avtomobil o‘ziniki ekanini isbotlash uchun soxta guvohnomani ham ko‘rsatgan. 

Politsiya tomonidan hibsga olingan T.Z. va uning sherigi talonchilik hamda o‘zini federal agentlar sifatida ko‘rsatishda ayblanmoqda. Endilikda ularga nisbatan 20 yilgacha qamoq jazosi tayinlanishi mumkin. 

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Nyu-Yorkning Bruklin tumanida 17 yoshli o‘zbekistonlik otib o‘ldirilgan edi. Shuningdek, AQSHda dunyodagi eng adolatli sudya nomi bilan tanilgan Frenk Kaprio o‘zbekistonlik talabani mashinasini belgilanmagan joyga qo‘ygani uchun sud qilgan edi.


Maqola muallifi

Teglar

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing