AQSH va Eron tinchlik bitimi matnini kelishib oldi – Shahboz Sharif

Olam

image

AQSH va Eron o‘rtasidagi tinchlik shartnomasi matni tomonlar o‘rtasida kelishib olindi. Shuningdek, ushbu mamlakatlar memorandum imzolashga yaqin. Bu haqda bugun, 12 iyun kuni Pokiston Bosh vaziri Shahboz Sharif o‘zining X ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida ma’lum qildi.

“Biz (AQSH va Eron o‘rtasida — tahr.) tinchlik bo‘yicha yakuniy kelishilgan bitim matni tayyor bo‘lganini tasdiqlashimiz mumkin. Hozirda Pokiston keyingi qadamlarni yakunlash uchun har ikki tomon bilan yaqindan hamkorlik qilmoqda”, deydi Sharif.

Eron Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi ham X ijtimoiy tarmog‘ida Tehron va Vashington memorandum tuzishga yaqin ekanini ma’lum qilgan.

“Islomobod bilan o‘zaro anglashuv memorandumi hech qachon bu qadar yaqin bo‘lmagan edi. Memorandum yakuniy tasdiqlangunga qadar OAV turli taxminlardan tiyilib turishi maqsadga muvofiq. Barcha tafsilotlar belgilangan muddatda jamoatchilikka e’lon qilinadi, deb yozdi Aroqchi.

Eron Tashqi ishlar vazirining ushbu xabaridan olingan skrinshotni AQSH Prezidenti Donald Tramp ham o‘zining Truth Social ijtimoiy tarmog‘idagi sahifasida joylashtirdi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Eron va AQSH o‘rtasidagi 14 banddan iborat anglashuv memorandumi loyihasining yangi tafsilotlari e’lon qilingan edi.


Maqola muallifi

Baholaganlar

0

Reyting

3

Maqolaga baho bering

Doʻstlaringiz bilan ulashing