AQSH Rossiyaga qarshi sanksiyalarni yumshatdi
Olam
−
15 iyul 2022 31704 1 daqiqa
AQSH Moliya vazirligi Rossiya Federatsiyasiga qarshi sanksiyalar ro‘yxatidan qator cheklovlarni chiqarib tashladi. Vazirlik Rossiya tomoni bilan o‘g‘itlar, oziq-ovqat, urug‘lik, dori-darmon va tibbiy asbob-uskunalar bilan bog‘liq operatsiyalarni amalga oshirishga ruxsat berdi.
Quyidagilar uchun tranzaksiyalarga ruxsat berilgan:
• qishloq xo‘jaligi tovarlari, uskunalari, dori-darmonlar, tibbiy buyumlar, ular uchun ehtiyot qismlar va aksessuarlar ishlab chiqarish, sotish yoki tashish hamda tibbiy asboblar uchun dasturiy ta’minotni yangilash;
• COVID-19 ning oldini olish, tashxislash yoki davolash;
• davom etayotgan klinik sinovlar va boshqa tibbiy tadqiqotlar.
Bundan tashqari, Qo‘shma Shtatlar “Gazprom”ning Germaniyadagi sobiq sho‘’ba korxonasi, “Gazprom Germania GmbH” va “Alfa-Bank”ning Qozog‘istondagi sho‘’ba korxonasini sanksiyalardan chiqardi.
Shuningdek, AQSH Moliya vaziri Janet Yellen Baliga safari chog‘ida Rossiya tomonidan sotiladigan neft narxi cheklangan bo‘lsa, uni sotishni cheklamaslikni taklif qildi.
Live
BarchasiToshkentdagi uyga o‘t ketdi
14 iyul